Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
17 – AMALIY MASHG‘ULOT
Bajarilgan ishlar va olingan ma’lumotlar bo‘yicha, kon zaxirasini hisoblash usulini tanlash Ishning maqsadi: Bajarilgan ishlar va olingan ma’lumotlar bo‘yicha kon zaxirasini hisoblash usulini tanlash. O‘rtacha geologik ko‘rsatkichlarni hisoblash. Nazariy qism: Zaxiralarni hisoblash nafaqat hisoblash operatsiyalarining yig„indisi, balki geologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan barcha geologik, geofizik, geokimyoviy va boshqa eksperimental ma‟lumotlarni har tomonlama tahlil qilish va umumlashtirishdir. Zaxiralarni hisoblash natijasida konning uni o„rganishda erishilgan mufassallikni aks ettiruvchi geologik-sanoat modeli yaratiladi; foydali qazilmalarning va ulardagi foydali komponentlarning zaxiralari va bashoratlangan resurslari, zaxiralarning umumiy raqamlari va muhim geologiya-qidiruv parametrlarining bloklardagi o„rtacha ko„rsatkichlarining ishonchliligi baholanadi. Foydali qazilma konlarini baholashdagi xatoliklar, odatda, zaxiralarni hisoblash usulidagi nuqsonlar emas, balki, konning geologik strukturalardagi pozitsiyasi haqida, foydali qazilma uyumlarining morfologik xususiyatlari yoki ularning geologik tuzilish elementlari bilan bog„liqligi haqidagi noto„g„ri geologik tasavvurlar natijasida kelib chiqadi. Geologik adabiyotlarda zaxiralarni hisoblashning yigirmadan ortiq usuli keltirilgan. Ular bir-birlaridan shakli bo„yicha murakkab bo„lgan foydali qazilma tanasini, hajmi bo„yicha kattaligi teng bo„lgan, biroq shakli jihatidan oddiyroq bo„lgan geometrik jismlarga almashtirish usuli va razvedka kesimlaridan olingan eksperimental ma‟lumotlarni ular atrofidagi foydali qazilmalar hajmiga tadbiq etish usuli bilan farq qiladi. Geologiya-qidiruv amaliyotida uch usul keng qo„llaniladi: kesimlar, bloklar va statistik usullar. Eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlanganki, zaxiralarni hisoblashning turli usullarini qo„llash bilan bog„liq bo„lgan xatoliklar, hisoblash parametrlarini aniqlashdagi hisoblashning - 55 - texnik operatsiyalari va ayniqsa o„xshatishlar bilan bog„liq bo„lgan xatoliklar kattaligidan ko„p bo„lmaydi. Shuning uchun har bir konkret hol uchun zaxiralarni hisoblashning shunday usulini tanlash kerakki, bunda konning geologik tuzilishi xususiyatlari maksimal darajada hisobga olingan bo„lsin, hamda, hisoblash jarayoni bilan bog„liq bo„lgan vaqt va mablag„lar sarfi kamroq bo„lsin. Zaxiralarni hisoblashning eng mas‟uliyatli operatsiyalari bo„lib ularning chegaralarini aniqlash va bloklarga bo„lish, razvedka kesimlari bo„yicha hisob parametrlarining o„rtacha ko„rsatkichlarini hisoblash va ularni kesimlar atrofidagi foydali qazilma hajmlariga tatbiq etish hisoblanadi. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling