Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konditsiyalarning ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Amaliy ishni bajarish tartibi
Bunda yuqorida keltirilgan ma‟lumotlar asosida har bir talaba o„zining bajargan ishlari uchun zaxira hisoblashning toifalarini belgilaydi, konlarning sanoat qiymatini va kon uchun konditsiyaviy ko„rsatkichlarni aniqlaydi. Konditsiyalarning ko‘rsatkichlarini aniqlash. Eng kichik sanoat miqdori - foydali qazilma qidirish, o„zlashtirish va qayta ishlashga ketgan harajatlarni qaytarish hamda rejali daromad olish imkoniyatini yaratuvchi hisoblangan blokdagi foydali qazilma o„rtacha miqdorining quyi chegarasi. Eng kichik sanoat miqdori quyidagi tenglamadan aniqlanadi: М – foydali komponentning eng kichik sanoat miqdori (%); Х – bir tonna mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashning hamma xarajatlari (so„mda); B – bir tonna mahsulotning ulgurji bahosi (so„mda); АО – qimmatbaho komponentning ajratib olish koeffitsiyenti; I – qazib olishdagi aralashish koeffitsiyenti. Eslatma: eng kichik sanoat miqdori foizlarda emas, balki gramm/tonnalarda aniqlanuvchi foydali qazilma bo„yicha suratdagi 100 ko„paytiruvchisi chiqarib tashlanadi. Konsentrat uchun formula quyidagi ko„rinishda bo„ladi: Bunda: а – foydali komponentning konsentratdagi miqdori; B у – konsentratning haqiqiy sifatlari hisobiga olingan holdagi o„zgartirilgan ulgurji bahosi. Metall uchun hisobda formula quyidagicha o„zgaradi: Davlat iqtisodiy bashorat va statistika tashkilotlari tomonidan ma'lum bir davrdagi mineral xomashyo va undan olinadigan mahsulotlarning fond birjalaridagi o„rtacha ulgurji baholari hisoblab chiqiladi. Sohalar bo„yicha tannarxga qo„shimcha ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqarish uchun ma'lum bir miqdorda foyda darajasi (rentabellik) ishlab chiqarish fondlariga hisob - 50 - qilinadi. Bundan tashqari, baholarda qidirish ishlariga sarflangan harajatlarni qaytarish ham ko„zda tutiladi. Shularni inobatga olinganda mineral xomashyodagi foydali komponentning minimal sanoat miqdorini aniqlash uchun formula quyidagicha ko„rinishda bo„ladi: Bunda: Е о – me‟yoriy ajratma mablag„lar; Х р – qidirish uchun xarajatlar. Shunga ko„ra konsentrat uchun baho bo„yicha minimal sanoat miqdorini aniqlash uchun formula quyidagi ko„rinishda bo„ladi: Metall uchun formula quyidagicha o„zgaradi: Bunda: Б m – 1 t. Metallning ulgurji bahosi; Х m – 1 t. Metallga mansub konsentrat tashilishi qo„shilgan holdagi metalluargik qayta ishlashning narxi; AO y - foydali komponentni turli nomdagi ajratib olishning texnologik imkoniyati mavjud va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo„lgan konsentratlardan ajratib olish; AO m - berilgan komponentni oxirgi mahsulot sifatida ajratib olish koeffitsiyenti. Ajratib olish koeffitsiyenti (AO) texnologik yarim sanoat tadqiqotlar asosida yoki soha bo„yicha faoliyat yuritayotgan korxonani bu ishda erishgan ko„rsatkichlar bo„yicha belgilanadi. Bu koeffitsiyent kon bo„yicha (ma‟dan turlariga ko„ra) foydali komponentning o„rtacha miqdoriga mansub. Minimal sanoat miqdori uchun ajratib olish biroz past bo„lishi mumkin. Biroq hisoblashni bu noaniqlik bilan ortiqcha murakkablashtirishni oldini olish uchun agar koeffitsiyentlar bir-biridan uncha farq qilmasa (10 nisbiy %dan oshmasa) ularga e'tiborsiz qarash mumkin. Ifloslanish (aralashib o„rtacha ko„rsatkichlar pasayishi) koeffitsiyenti (P) ni qazib olingan foydali qazilmadagi qimmatbaho komponentlar miqdorining, ya'ni ifloslanib bo„lingan miqdorning yer qa'ridagi bu komponentning miqdoriga nisbati sifatida aniqlash kerak. Bu nisbat odatda bir atrofida bo„ladi. Shuning uchun ifloslanish qancha ko„p bo„lsa, ma‟dandagi minimal sanoat miqdori shuncha ortiq bo„ladi. Sifati qimmatbaho komponentlar bilan bog„liq bo„lmasdan, tog„ jinsi xususiyatlari bilan bog„liq bo„lgan ba'zi foydali qazilmalar bo„yicha minimal sanoat miqdorining hisobi amalga oshiriladi. Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling