Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Chegaraviy miqdor - balans zaxirasi chegaralanadigan foydali komponentning 
eng kam miqdori. Eng kam sanoat miqdori chegaraviy miqdor kattaligining yuqori 
chegarasi hisoblanadi. Bir qator hollarda ular bir-biriga mos tushadi. Chegaraviy 



51

miqdorning quyi chegarasi boyitish chiqindilari yoki shlaklardagi foydali qazilma 
miqdoridan ortiq bo„lishi kerak. 
Chegaraviy miqdor namunalash ma‟lumotlariga ko„ra aniqlanuvchi noaniq 
geologik chegarali konlar yoki uyumlar bo„yicha belgilanadi; u konning geologik 
xususiyatlariga -morfologiyasiga, foydali komponentlarning taqsimlanish xususi-
yatlariga, yotish sharoitlariga va boshqalarga ko„ra aniqlanadi. Chegaraviy miqdor-
ga ma‟dan tanalarining shakli, o„lchamlari, foydali komponentning zaxiralari, 
miqdori bog„liq bo„ladi. 
Chegaraviy miqdorning qiymati konning geologik xususiyatlariga mos 
keladigan va eng samarali o„zlashtirishni ta'minlaydigan qiymatini tanlash va bir 
qator variantlarni qiyoslash yo„li bilan aniqlanadi. 
Zararli aralashmalarning maksimal yo‘l qo‘yiladigan miqdori. Agar foydali 
qazilma zararli aralashmalar miqdoriga ko„ra tabiiy holda avvaldan boyitilmasdan 
amaliy foydalanish uchun yaroqli bo„lsa va uning sifati “GOST” hamda “TU” 
talablariga mos kelsa unda zaxiralarni balans zaxiralar qatoriga o„tkazish uchun 
zararli aralashmalar bo„yicha biror bir boshqa limitlar joriy qilinmaydi. 
Agar foydali qazilmalardagi zararli aralashmalar miqdori “GOST” hamda 
“TU” talablaridan ortiq bo„lsa va uning avvaldan boyitilishi zarur bo„lsa, zararli 
aralashmalarning maksimal yo„l qo„yiladigan miqdori tabiiy xomashyoga dastlabki 
xomashyodagi zararli aralashmalarning ma‟lum bir miqdorida konditsion konsen-
tratning yoki tayyor mahsulotning boshqa turlarini olish imkoniyatini tasdiqlovchi 
texnologik sinovlar natijalariga ko„ra belgilanadi. Zararli aralashmalarning 
o„rtacha miqdoriga mos keluvchi namunalar va zaxiralarni hisoblashda kiritiluvchi, 
zararli aralashmalarning eng baland miqdoriga ega foydali qazilma turlarini ta‟rif-
lovchi tog„ jinslarida texnologik sinovlar o„tkaziladi. Agar zararli aralashmalarni 
yo„qotish maxsus texnologik sxemalarni qo„llash va qo„shimcha xarajatlar bilan 
bog„liq bo„lsa, unda bu aralashmalarning chegaraviy yo„l qo„yilishi mumkin 
bo„lgan miqdorlarini belgilash maqsadida maxsus hisoblashlarni bajarishi zarur 
bo„ladi. 
Mineral xom ashyo turlari va navlarini ajratish. Konditsiyalarni o„zlashtirish-
da texnologik qayta ishlash sharoitlariga ko„ra farqlanuvchi mineral xomashyoning 
turlari, ko„p hollarda, foydali qazilma turlari ham maqsadga va foydalanish 
sohasiga ko„ra ajratilishi zarur. Foydali qazilma turlari va navlari qidirish 
inshootlari bo„yicha chegaralanishi mumkin bo„lganda va tanlab qazib olinganda 
konditsiyaning minimal sanoat miqdori, minimal sanoat qalinligi va boshqa 
ko„rsatkichlari hisobi ularning har biri uchun alohida amalga oshiriladi. 
Qidirish ishlari jarayonida ma‟danlarni alohida tur va navlarini chegaralash-
ning imkoni yo„q konlarda ular statistik holatda ajratiladilar; konditsiyalar ham 
shundan kelib chiqib belgilanadi. Bunda foydali qazilmaning har bir turi va navi 
uchun belgilangan baholar, shuningdek texnologik qayta ishlash jarayonida 
(saralanishda) ularning chiqishi (ajratib olinishi) e‟tiborga olinish kerak. Bu 
ma'lumotlar asosida konditsiyalarni hisoblashda e'tiborga olinadigan 1 tonna 
foydali qazilmaning keltirilgan (shartli) bahosi aniqlanadi. 



52

Iste‟molchi tomonidan foydalanilmaydigan foydali qazilmaning turlari va 
navlari hisobidan chiqarib tashlanishin kerak. Ulardan konditsiyalar hisobida 
foydalanilganda ular foydalanish foiziga muvofiq qatnashishi shart. 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling