Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
Foydali qazilma tanasining minimal sanoat qalinligi – kon uchun o„zlashti-
rishning eng qulay sistemasidan kelib chiqib, balans zaxiralarini hisoblashda e'tiborga olish mumkin bo„lgan qidirish inshooti bo„yicha haqiqiy qalinlikga keltirilgan eng kichik qalinlik. Miqdoriga ko„ra ancha boy kichikroq tanalar uchun zaxiralarning sanoat qiymati metr-foiz (metrogramm) bilan aniqlanadi. Foydali qazilmalar tanalari chegarasining ichidagi tog„ jinslari va nokonditsion ma‟danlarning yupqa qatlamchalari yoki uchastkalari zaxiralar hisobidan chiqarib tashlanadi. Bu holat amaliy jihatdan imkoniyat bo„lmaganda yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq bo„lganda, zaxiralar hisobiga kiruvchi tog„ jinslarining maksimal yo„l qo„yiladigan intervallari (qalinliklari) konditsiyalar tomonidan aniqlangan va asoslangan bo„lishi kerak. Foydali qazilma tanalarining minimal qalinliklari va bo„sh tog„ jinslari yupqa qatlamchalarining maksimal yo„l qo„yiladigan qalinliklarini aniqlash konni qidirish qilishda olingan namunalar uzunligini majburiy hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chunki sanoat va nokonditsion intervallarning ajralishi ular faqat namunalar uzunligi bilan o„lchovdosh bo„lganda sodir bo„lishi mumkin. Zaxiralar hisobi chegarasiga kiritiluvchi foydali qazilma tanalarining minimal sanoat qalinligi, bo„sh tog„ jinslari va nokonditsion ma‟danlarning maksimal yo„l qo„yiladigan intervallari quyidagi asosiy omillarga bog„liq: 1) ma‟dan tanalarining yotish sharoitlari (qiya, yassi, gorizontal); ular konni o„zlashtirish sistemasini tanlash, tozalash joyining kengligini, ayrim ma‟dan tanalarini muntazam ekspluatatsiya qilish imkoniyatlarini va boshqalarni belgilash; 2) ma‟dan tanalari morfologiyasi (ularning shakllari, o„lchamlari ichki tuzilishi), chuqurlik va uzunlik bo„yicha o„zgarishining darajasi; 3) foydali qazilmalar va ularni qamrovchi tog„ jinslarining qattiqligi va mustahkamligi. Bu omillar o„zlashtirishning u yoki bu sistemasini qo„llash va qazib olish mexanizatsiyasi uchun uskunalarni tanlash imkoniyatlarini belgilaydilar. Sanab o„tilganlardan, shuningdek konlarning boshqa tog„-geologik sharoitlardan kelib chiqib kon ishining 3 ta asosiy talablari: xavfsizlik, tejamkorlik (konsentratning yoki pirovard mahsulotning eng arzon tannarxi) va foydali qazilmalarning eng kam yo„qotishlariga rioya qilishni ta'minlovchi o„zlashtirish sistemasi tanlanadi. Ochilma koeffitsiyenti foydali qazilmaning bir tonnasini olishda yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan ochilmaning kubometrlardagi maksimal miqdorini belgilash imkonini beradi. Ochish ishlari ko„p bo„lganda ochiq qazib olishning samaradorligi kam bo„ladi. Birinchi yaqinlashtirilgan (taqribiy) hisoblar uchun quyidagi formula tavsiya qilinadi: Bunda: К о – ochilma koeffitsiyenti; - 53 - Q е.о – foydali qazilmaning 1 t.sini yer osti usuluda qazib olishning bahosi; Қ о - foydali qazilmaning 1 t.sini ochiq usuluda qazib olishning bahosi (ochish uchun xarajatlarsiz); Х о – ochilgan tog„ jinslarining 1 m 3 qazib olishning bahosi. Yer osti usuli bilan o„zlashtirish imkoniyati tog„-geologik sharoitlarga ko„ra yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik oqibatida to„liq istisno qilingan konlar bo„yicha ochilmalarning chegaraviy koeffitsiyentini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish kerak: Bunda: М h – qimmatbaho komponentning haqiqiy miqdori (%); М 1 – ochish ishlari xarajatlarsiz hisoblangan minimal sanoat miqdori; B – qimmatbaho komponent uchun ulgarji baho; АО – qimmatbaho komponentni ajratb olish koeffitsiyenti; I – ifloslanish koeffitsiyenti. Ma’danlilik (mahsuldorlik) koeffitsiyenti – qidirish inshootlaridagi konditsion miqdorli intervallarning hisob blokiga ma‟dan qamrovchi chegarasidan o„tgan hamma inshootlar umumiy uzunligi bo„lgan nisbati. Konlarda foydali qazilmalarning o„ta notekis taqsimlanishi oqibatida qidirish jarayonida ishonchli chegaralarini aniqlash imkoniyati bo„lmaganda zaxiralarni statik usul bilan hisoblash uchun qo„llaniladi. Qidirish ishlarining katta hajmini o„tkazishning zaruriyati, bo„sh tog„ jinslarini qazib olish, foydali qazilmaning ayrim linzalari va uyalariga selektiv ishlov berish, kon unumdorligining pasayishi va boshqalar tufayli paydo bo„lgan qo„shimcha harajatlar minimal sanoat miqdorini mos ravishda oshirish bilan qoplanadi. Agar qo„shimcha miqdorni “Mq” deb belgilab, uning minimal sanoat miqdorini oshirish kerak bo„lsa, unda: Bunda: Х рк - ma‟danlilik koeffitsiyentini qo„llash bilan bog„liq hamma xarajatlar. Minimal sanoat miqdori ma‟danlilik koeffitsiyentini hisobga olgan holda quyidagicha bo„ladi: Nazorat savollari: 1. Foydali qazilma konlarini geologik-iqtisodiy baholash tamoyillari deganda nimani tushunasiz? - 54 - 2. Mineral xomashyoga bo‘lgan talabni maksimal darajada qondirish tamoyili haqida gapiring. 3. Konkret xomashyoga bo‘lgan ehtiyojning optimal darajasi tamoyili haqida gapiring. 4. Tovar qiymatiga ega bo‘lgan, so‘nggi mahsulotlarni olishda minimal sarf- xarajatlar qilib, tabiiy resurslardan maksimal darajada foydalanish tamoyili haqida gapiring. 5. Konlarning sanoat qiymatini aniqlovchi omillarga nimalar kiradi? 6. Qattiq foydali qazilma konlari zaxiralarining tasnifi haqida gapiring. 7. Balansdagi zaxiralar va balansdan tashqari zaxiralar haqida nimalarni bilasiz? 8. Zaxiralarning xalqaro tasnifi haqida gapiring. 9. Konditsiya nima? 10. Konditsiyalarning ko‘rsatkichlarini aniqlashni bilasizmi? Download 4.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling