Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

optimal deb hisoblanadi: MR =MC (22- b rasm)


50 
U yoki bu usuldan foydalanib, firma maksimal foydani ta’minlab 
beradigan ishlab chiqarish hajmini Qo aniqlaydi.Qo dan Q2 gacha 
oralig‘ida ishlab chiqarishning har qanday ishlab chiqarish hajmi firma 
uchun foyda keltiradi (22-a rasm), ammo faqat Qo nuqtada bu foyda 
maksimal bo‘ladi. Ayni shu nuqtada me’yoriy daromad me’yoriy 
xarajatlarga teng (22- b rasm).Qo Qo oralig‘ida firma mumkin bo‘lgan 
foydani ololmay qoladi, Qo Q2 oralig‘ida esa me’yoriy xarajatlar me’yoriy 
daromaddan oshib ketadi va samaradorlik pasayib ketadi. 
Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni solishtirish usuli nafaqat 
sof raqobat sharoitida balki boshqa barcha bozor modellarida 
qo‘llaniladigan qoidadir. 
Uzoq muddatli davrda barcha xarajat turlari o‘zgaruvchan bo‘lgani 
sababli (shu jumladan, qisqa muddatli davrdagi doimiy bo‘lgan xarajatlar 
ham) firma ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi qarorini boshqacha qabul 
qiladi. Agar bozordagi mavjud narx sababli bir nechta firmalar zarar ko‘rib, 
o‘z ishlab chiqarishini qisqartirsa, bozordagi taklif ham qisqaradi. Natijada 
(talab o‘zgarmagan holda) narx oshadi va tarmoqda qolgan firmalar 
iqtisodiy foydani olishi mumkin. Mukammal raqobat sharoitida bozorga 
kirish erkin bo‘lgani sababli tarmoqdagi oshgan foydalilik yangi firmalarni 
o‘ziga jalb qiladi. Oqibatda taklif oshadi, narx esa pasayadi. Sof raqobatda 
bunday tebranishlar doimiy xarakterga ega. 
Qachonki firmalarda tarmoqqa kirish hamda tarmoqdan chiqib ketish 
uchun rag‘bat bo‘lmasa, shunda bozor muvozanatga erishadi. Buning 
uchun bozor narxi o‘rtacha yalpi xarajatlarning minimal darajasida 
o‘rnatilib, iqtisodiy foyda 0 ga teng bo‘lishi kerak (23 rasm). Grafikda Po 
narxda firmaning ishlab chiqarish hajmi Qo ga teng. Bu nuqtada me’yoriy 
daromad me’yoriy xarajatlarga teng bo‘lib, minimal o‘rtacha umumiy 
xarajatlar bozor narxiga, iqtisodiy foyda esa 0 ga teng. Bunday holatda 
korxonaning ko‘lami va ishlab chiqarish hajmi firmani qondiradi. 


51 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling