12
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar,
shoirlar,
yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at
asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.
3. Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi
nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati
Bozorda sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot miqdorini va unga
narx qanday belgilanishini aniqlash uchun talab
va taklif tahlillarini
birlashtirishimiz kerak. Muayyan narx va ishlab chiqarish hajmi talab va
taklif nisbati orqali aniqlanadi. Talab va taklif egri chiziqlarining kesish
nuqtasi muvozanatli narx hamda muvozanatli
ishlab chiqarish hajmini
belgilab beradi va bu nuqtada mahsulotning ortiqligi yoki yetishmasligi
bo‘lishi mumkin emas (5-rasm).
P,
5
4
3
2
1
0
ming so‘m
Oortiqcha ishlab chiqarish S
E
S
taqchillik D
10004000 7000 1000012000Q, sentner
5-rasm. Muvozanat holati
Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan
narx va mahsulotning
muvozanatlashgan miqdori mos keladi. Ya’ni, makkajo‘xorining narxi 3
ming so‘m bo‘lganda, xaridorlar 7000 sentner makkajo‘xorini
sotib
olishga, sotuvchilar esa 7000 tonna makkajo‘xorini bozorga chiqarishga
tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: