13
tushirishga majbur bo‘lishadi va bozor muvozanat holatiga qaytib keladi.
Agar bozor narxi muvozanatli narxdan past bo‘lsa (R = 2 ming so‘m),
talab miqdori taklif miqdoridan oshib
ketadi va bozorda mahsulot
taqchilligi (defitsit) paydo bo‘ladi. Bu vaziyatdan foydalangan sotuvchilar
narxni oshirishadi. Ikkala holatda ham narxning o‘zgarishi orqali bozorda
talab va taklif muvozanati tiklanadi.
Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib
turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab
omillar muvozanatning
buzilishiga sabab bo‘ladi. Tahlilni to‘ldirish uchun narxga bog‘liq
bo‘lmagan omillar sababli talab va taklif o‘zgarishi muvozanatli narx va
muvozanatli ishlab chiqarish hajmiga qanday ta’sir etishini ko‘rib
chiqamiz.
Talab o‘zgarishi:
a) boshqa teng shartlarda (taklif o‘zgarmaganda)
talabning oshishi
mahsulot narxi va miqdorining ko‘payishi samarasini keltirib chiqaradi;
b) talab kamayishi narx pasayishi
hamda mahsulot miqdorining
kamayishida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, talab o‘zgarishi bilan muvozanatli narx va muvozanatli
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
Taklif o‘zgarishi:
a) boshqa teng shartlarda (talab o‘zgarmaganda)
taklifning oshishi
narx pasayishi samarasini va mahsulot miqdorining ko‘payishi samarasini
keltirib chiqaradi;
b) taklif kamayganda esa narx oshishi hamda mahsulot miqdorining
kamayishi kuzatiladi.
Shunday qilib, taklif o‘zgarishi bilan muvozanatli narx o‘zgarishi
o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lsada, muvozanatli ishlab chiqarish
hajmining o‘zgarishi bilan to‘g‘ri bog‘liqlik qoladi (6-rasm).