Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Muvozanatli narx – bu narxning shunday darajasiki, bunda


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

Muvozanatli narx – bu narxning shunday darajasiki, bunda 
sotuvchilarning sotmoqchi bo‘lgan mahsulot miqdori xaridorlarning 
sotib olmoqchi bo‘lgan mahsulot miqdoriga tengdir. Bozor narxlari 
har doim muvozanatli narxga intiladi. 
Agar, masalan, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori darajada 
bo‘lsa (R = 5 ming so‘m), taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketadi va 
sotuvchilarda mahsulot ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Sotuvchilar narxni 


13 
tushirishga majbur bo‘lishadi va bozor muvozanat holatiga qaytib keladi. 
Agar bozor narxi muvozanatli narxdan past bo‘lsa (R = 2 ming so‘m), 
talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketadi va bozorda mahsulot 
taqchilligi (defitsit) paydo bo‘ladi. Bu vaziyatdan foydalangan sotuvchilar 
narxni oshirishadi. Ikkala holatda ham narxning o‘zgarishi orqali bozorda 
talab va taklif muvozanati tiklanadi.
Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib 
turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Tahlilni to‘ldirish uchun narxga bog‘liq 
bo‘lmagan omillar sababli talab va taklif o‘zgarishi muvozanatli narx va 
muvozanatli ishlab chiqarish hajmiga qanday ta’sir etishini ko‘rib 
chiqamiz. 
Talab o‘zgarishi: 
a) boshqa teng shartlarda (taklif o‘zgarmaganda) talabning oshishi 
mahsulot narxi va miqdorining ko‘payishi samarasini keltirib chiqaradi; 
b) talab kamayishi narx pasayishi hamda mahsulot miqdorining 
kamayishida namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, talab o‘zgarishi bilan muvozanatli narx va muvozanatli 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. 
Taklif o‘zgarishi: 
a) boshqa teng shartlarda (talab o‘zgarmaganda) taklifning oshishi 
narx pasayishi samarasini va mahsulot miqdorining ko‘payishi samarasini 
keltirib chiqaradi; 
b) taklif kamayganda esa narx oshishi hamda mahsulot miqdorining 
kamayishi kuzatiladi. 
Shunday qilib, taklif o‘zgarishi bilan muvozanatli narx o‘zgarishi 
o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lsada, muvozanatli ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishi bilan to‘g‘ri bog‘liqlik qoladi (6-rasm). 


14 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling