15
o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha
elastiklik ko‘rsatkichi deyiladi.
Talabning narx bo‘yicha elastikligi (E
r
)
darajasi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu yerda:
Q – talab miqdorining o‘zgarishi foizda;
R – narxlarning o‘zgarishi foizda.
Agar E
r
1 dan oshiq bo‘lsa, talab elastik deb hisoblanadi, agar E
r
1
dan kam bo‘lsa, talab noelastik deb hisoblanadi. Agar E
r
= 1 teng bo‘lsa,
talab bir birlik elastik deb hisoblanadi, ya’ni tovar miqdorining foizdagi
o‘zgarishi uning foizdagi narx o‘zgarishiga tengdir.
Matematik nuqtayi
nazardan elastik ko‘rsatkichi talab egri chizig‘ining qiyaligini ifodalaydi.
Egri chiziq qanchalik qiyaroq bo‘lsa, talab elastikligi shunchalik yuqori
bo‘ladi, egri chiziq qanchalik tikroq bo‘lsa, talab elastikligi shunchalik
past bo‘ladi. Gorizontal ko‘rinishdagi egri chiziq
absolyut elastik talabni
ifodalaydi, ya’ni narxning sezilmas o‘zgarishi
ham talab miqdorining
katta o‘zgarishiga olib keladi. Vertikal ko‘rinishdagi egri chiziq
absolyut
noelastik talabni ifodalaydi, ya’ni har qanday mumkin bo‘lgan narx
darajasida ham tovar miqdori o‘zgarmaydi (7 - rasm).
Talab elastikligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud.
Ularning asosiylari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: