10
3-chizma. Taklif egri chizig‘i
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga
narxga bog‘liq bo‘lmagan
bir qator omillar (determinantalar) ham ta’sir qiladi. Bu omillarning
asosiylari quyidagilar:
1)
Resurslarning narxi. Resurs narxlarining
pasayishi ishlab
chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha,
resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish
xarajatlarini oshiradi va
taklifni qisqartiradi. Masalan, shakar narxining pasayishi qandolat
mahsulotlar taklifini oshiradi, yog‘och narxining oshishi qog‘oz taklifini
qisqartiradi;
2)
Ishlab
chiqarish
texnologiyasi.
Texnologiyalarning
takomillashuvi mahsulot birligini samaraliroq ishlab chiqarishga imkon
beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab
chiqarish xarajatlari
kamayadi va taklif ko‘payadi;
3)
Soliq va subsidiyalar. Ko‘pchilik
soliqlar ishlab chiqarish
xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab
chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, davlat
qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki
biror sohaga subsidiya bersa, bu
amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi;
4)
Boshqa tovarlarning narxi. Boshqa
tovarlar narxlarining
o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti
narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti
narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi;
5)
Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida
mahsulot narxining
o‘zgarishining kutilishi ba’zi tarmoqlarda joriy taklifni qisqartirib, boshqa
tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlarning oshishiga hamda taklifning
ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Masalan,
kelajakda mebel narxining
keskin pasayishining kutilishi bu mahsulot taklifini pasaytiradi;
11
6)
Bozordagi sotuvchilar soni.Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik
ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi.
Bir yoki bir nechta determinantalarning o‘zgarishi taklif egri
chizig‘ining siljishiga olib keladi. Taklif oshishi egri chizikning o‘ngga
(masalan, S1 danS2 gacha), taklif kamayishi esa egri chiziqning chapga
(S1 dan S3 gacha) siljishiga olib keladi (4-rasm).
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida taklif o‘zgarishini
taklif
miqdordagi o‘zgarishlardan farqlash kerak. Taklif miqdordagi o‘zgarish
taklif egri chizig‘i bo‘ylab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o‘tishi hamda
mahsulotning narxi o‘zgarishi bilan aks ettiriladi (masalan, 5 ming
so‘mdan 4 ming so‘mgacha narx pasayishi S1 egri chiziqda taklif
miqdorining 60 ming sentnyerdan 50 ming sentnergacha kamayishiga olib
keladi).
Do'stlaringiz bilan baham: