24
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste’molchilar
talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi
va ishlab chiqarish
jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan
qoplanadi (9 - rasm).
Ishlab chiqarish xarajatlarining ta’rifiga turli yondashuvlar mavjud.
Dastlab, A.Smit
absolyut xarajatlar nazariyasini oldinga surgan edi.
D. Rikardo ushbu nazariyani taraqqiy ettirib,
ishlab chiqarishning
nisbiy xarajatlar nazariyasini yaratgan edi. K.Marks nazariyasida ham
ishlab chiqarish xarajatlarga katta e’tibor qaratilgan. Hozirgi iqtisodiy
adabiyotda xarajatlarga
marjinalistik (neoklassik)
yondashuv keng
tarqalgan. Oxirgi paytda muomala sohasida mavjud bo‘lgan va
mahsulotni sotish muammosi bilan bog‘liq
transaksion xarajatlar
to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritilyapti(10-rasm).
10-rasm. Ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi
Mazkur mavzuda biz marjinalist va neoklassik nazariyadan
foydalanamiz. Bu konsepsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda
resurslarning
cheklanganligi
va
ulardan
muqobil
foydalanish
imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun
birorta tovarni ishlab
chiqarish uchun muayyan resurslarning tanlab olinishi muqobil tovarning
ishlab chiqarilishini inkor etadi. Demak, iqtisodiyotdagi xarajatlar muqobil
tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishidan voz kechish bilan bevosita
bog‘liqdir. Ishlab chiqarish uchun tanlangan har kanday resursning
Do'stlaringiz bilan baham: