Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga 
yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga 
bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. 
Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va 
saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. 
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining 
davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. 
Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan 
qoplanadi. 
9-rasm. Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra 
turkumlanishi 
Umumiy xarajatlar
Ishlab chiqarish xarajatlari 
Muomala xarajatlari 
Ish haqi 
Xomashyo 
xarajatlari 
Yonilg‘I va moylash 
materiallariga xarajatlar
Amortizatsiya va h.k. 
Qo‘shimcha 
muomala xarajatlari 
Sof muomala 
xarajatlari 


24 
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste’molchilar 
talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‘ladi. 
Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish 
jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan 
qoplanadi (9 - rasm). 
Ishlab chiqarish xarajatlarining ta’rifiga turli yondashuvlar mavjud. 
Dastlab, A.Smit absolyut xarajatlar nazariyasini oldinga surgan edi. 
D. Rikardo ushbu nazariyani taraqqiy ettirib, ishlab chiqarishning 
nisbiy xarajatlar nazariyasini yaratgan edi. K.Marks nazariyasida ham 
ishlab chiqarish xarajatlarga katta e’tibor qaratilgan. Hozirgi iqtisodiy 
adabiyotda xarajatlarga marjinalistik (neoklassik) yondashuv keng 
tarqalgan. Oxirgi paytda muomala sohasida mavjud bo‘lgan va 
mahsulotni sotish muammosi bilan bog‘liq transaksion xarajatlar 
to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritilyapti(10-rasm). 
10-rasm. Ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi 
Mazkur mavzuda biz marjinalist va neoklassik nazariyadan 
foydalanamiz. Bu konsepsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda 
resurslarning 
cheklanganligi 
va 
ulardan 
muqobil 
foydalanish 
imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun birorta tovarni ishlab 
chiqarish uchun muayyan resurslarning tanlab olinishi muqobil tovarning 
ishlab chiqarilishini inkor etadi. Demak, iqtisodiyotdagi xarajatlar muqobil 
tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishidan voz kechish bilan bevosita 
bog‘liqdir. Ishlab chiqarish uchun tanlangan har kanday resursning 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling