Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


- rasm. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning turlari


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

12- rasm. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning turlari 
 
Ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlar 
doimiy xarajatlar (TFC – total fixed costs) deyiladi. 
Doimiy xarajatlar hatto ishlab chiqarish bo‘lmaganda ham mavjud 
bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz 
va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari), 
amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, 
boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. 
Miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarib boruvchi 
xarajatlar (TVC – total variable costs) o‘zgaruvchan xarajatlar 
deyiladi. Ularga xom ashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, 
ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. 


28 
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan 
xarajatlar yig‘indisi umumiy xarajatlar (TS – total costs)ni tashkil 
qiladi. 
TS = TFC + TVC 
Doimiy (TFC), o‘zgaruvchan (TVC) va umumiy (TS) xarajatlarning 
grafikdagi ifodasini 13-rasmda ko‘rishimiz mumkin. 
 
 
S
 
TS 
 
 
TVC 
TFC 
 
 
 
0Q 
 
13 – rasm. Doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning 
grafikdagi tasviri 
Firma uchun mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan sarf-
xarajatlar muhimdir. Bunday xarajatlar o‘rtacha deb ataladi v aularning 
ichida o‘rtacha umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchan 
xarajatlar ajraladi. O‘rtacha umumiy xarajatlar (ATS– average total 
costs) umumiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 
nisbatiga teng: 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling