26
11 - rasm. Ichki va tashqi xarajatlarning turlari
Tashqi va ichki xarajatlarga misol keltiraylik. Siz o‘z uyingizni remont
qilishga qaror qildingiz va ishlayotgan joyingizdan o‘z hisobingizdan bir
haftalik ta‘til oldingiz. Remontga ketgan xarajatlar – bu bo‘yoq, yelim,
gulqog‘ozlarning qiymati. Ammo remontga bir necha kun sarflab, siz ish
haqi olish mumkin bo‘lgan o‘z ishingizdan voz kechgansiz. Shunda siz
sarf qilgan xarajatlar tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
Tashqi (ko‘rinar)
xarajatlar:
Gulqog‘oz
40000
Bo‘yoq
20000
Elim
5000
Jami
65000
Ichki (ko‘rinmas)
xarajatlar:
Ishxonangizdagi shu
davr uchun ish haqi
20000
Jami
85000
Umumiy
xarajatlar
Tashqi xarajatlar
Ichki xarajatlar
Ishchi
kuchiga sarflar
Xomashyo xarajatlari
Yonilg’
energiyaga
xarajatlar
Transport-aloqa
xizmatlariga harajatlar
Bino-inshoot
amortizatsiyasi
Mashina-uskuna
amortizatsiyasi
Ijara haqi
Qarz pul mablag’lari va
uning uchun foizlar
Bank
xizmatlari uchun
sarf xarajatlar
Normal foyda
27
Agar remontni o‘zingiz qilmasdan, usta topishga qaror
qilsangiz, va
uning ish haqi 20000 so‘mdan oshmasa (materiallar qiymatini hisobga
olmaganda), unda siz albatta unga murojaat qilishni afzal ko‘rasiz. Aks
holda remont ishlari o‘zingizga qoladi.
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy
faoliyati samaradorligining oshirish yo‘llarini
qiyosiy tahlil qilish
imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqarish hajmi bilan bog‘liqligiga qarab xarajatlar doimiy va
o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi (
12 - rasm).
UMUMIY XARAJATLAR
Doimiy xarajatlar
O‘zgaruvchan xarajatlar
Korxona to‘lov
majburiyatlari
Xomashyo
Soliqlar
Material
Amortizatsiya ajratmalari
Yonilg‘i
Ijara haqi
Transport xizmati
Qo‘riqlash xizmati
xarajatlari
Ishchilar ish haqi va shu
kabilar uchun xarajatlar
Boshqaruv xodimlar
maoshi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: