Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi
Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa muddatli davrda firmaning ishlab chiqarish quvvatlari (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) o‘zgarmas bo‘ladi
- Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish
xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari Mahsulotning ma’lum hajmini ishlab chiqarishda firma yoki tarmoq sarf xarajatlari barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish imkoniyatiga bog‘liq. Birmuncha ishlatilayotgan resurslarning miqdorini (mehnat, xomashyo, yonilg‘i, energiya va boshqalar) tez va qiyinchiliksiz o‘zgartirish mumkin. Boshqa resurslarni o‘zlashtirish uchun ko‘proq vaqt kerak. Masalan, og‘ir sanoatning ba’zi tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlarning o‘zgartirilishi bir necha yilni talab qiladi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Qisqa muddatli davrda firmaning ishlab chiqarish quvvatlari (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) o‘zgarmas bo‘ladi va ulardan faqat foydalanish intensivligini o‘zgartirish mumkin. Ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun korxona qisqa davrda mehnat, xomashyo va boshqa resurslar miqdorini o‘zgartirishi mumkin. 31 Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir. Demak, qisqa muddatli davr – bu o‘zgarmas quvvatlar davri, uzoq muddatli davr esa – bu o‘zgaruvchan quvvatlar davri. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Yengil sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishi bir necha kunda yuz berishi mumkin. Masalan, futbolka chiqaradigan kichik firma bichish uchun bir nechta qo‘shimcha stol va tikuv mashinalarni bir-ikki kunda o‘rnatib, o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini oshiradi. “Jeneral motors” zavodi esa yangi sex qurib qo‘shimcha asbob uskunani o‘rnatish uchun bir necha yil sarflash mumkin. Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchan resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi mumkin. Savol: ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) o‘zgaruvchan resurslar oshib borayotgan miqdori qo‘shilgan sari ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgaradi? Bu savolga samaraning kamayib borishi qonuni javob beradi. Unga ko‘ra, ma’lum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchan resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish har bir keyingi o‘zgaruvchan resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot beradi. Bu qonunga quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Masalan, eshik romlarni ishlab chiqaradigan kichik korxona ma’lum miqdordagi duradgorlik va tokarlik asboblarga ega bo‘lib, bor yo‘g‘i bitti yoki ikkita ishchini yollagan. Albatta umumiy ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi past bo‘ladi. Chunki ishchilar bir qator turli mehnat operatsiyalarni bajarishga majbur bo‘lib, ixtisoslashuv afzalliklardan foydalanib ololmaydi. Undan tashqari, bir mehnat operatsiyadan ikkinchiga o‘tganda ish vaqti yo‘qotilib, stanoklar bekor turib qolardi. Ya’ni, mehnat miqdoriga nisbatan kapital ortiqligi sababli ishlab chiqarish samarasiz bo‘lardi. Ishchilar soni oshgan sari bu qiyinchiliklar yo‘q bo‘ladi: ishchilar ma’lum mehnat operatsiyalarga ixtisoslashib, ularning ish vaqti unumli sarflanadi. Natijada ishlab chiqarish samarasi ortgan sari har bir keyingi ishchining me’yoriy yoki qo‘shimcha mahsuloti oshib boradi. Lekin bu holat cheksiz emas. Agar ishchilar soni 32 yanada oshib boraversa, unda kapital miqdoriga nisbatan mehnat ortiqligi mavjud bo‘ladi, ya’ni har bir ishchiga endi kamroq stanok soni to‘g‘ri keladi va har bir keyingi ishchining me’yoriy mahsuloti kamayib boradi. Oqibatda ishchilarning haddan tashqari oshib ketishi korxonada bo‘sh joy qolmasligiga va ishlab chiqarish to‘xtashiga olib keladi. Ushbu qonun o‘zgaruvchan resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling