Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. O‘rnini bosuvchi 
mahsulotga ega bo‘lgan tovarlarning talabi elastik bo‘ladi, chunki 
iste’molchilar bir mahsulot o‘rniga boshqa mahsulotni hech qanday 
qiyinchiliksiz xarid qilish mumkin. Masalan, yog‘ va margarin bir-birini 


16 
o‘rnini osonlik bilan bosib oladi, shu sababli margarin narxi 
o‘zgarmasdan yog‘ning narxi ozgina oshsada, uning sotiladigan hajmi 
ancha kamayadi. Aksincha, tovuq tuxumi yaqin o‘rnini bosib oladigan 
mahsulot yo‘q bo‘lgani uchun, tuxumga bo‘lgan talab elastikligi yogqa 
bo‘lgan talabga nisbatan kamroq bo‘ladi.
2. Mahsulot narxining iste’molchi daromadidagi salmog‘i. 
Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta o‘rinni 
egallasa, unga talab shuncha yuqori elastik bo‘ladi. Masalan, daftar yoki 
qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu 
talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib 
keladi. SHu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi 
mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday 
oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini 
tashkil qiladi va bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda 
kamaytiradi. 
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga 
talab odatda elastik, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noelastik 
hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari 
hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non yoki elektr 
energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. 
Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni 
osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq 
bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha elastik bo‘ladi. Masalan, agar 
benzinning narxi ko‘tarilsa, bir necha oy unga bo‘lgan talab biroz 
qisqaradi. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan iste’molchilartejamliroq 
avtomobillarga o‘tish mumkin, jamoat transportdan ko‘proq foydalanish 
mumkin yoki ish joyiga yakinroq manzilga ko‘chish mumkin.
SHuningdek, daromad bo‘yicha talab elastikligiham mavjud. 
Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham 
oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir 
darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab elastikligi 
ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling