Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi
Download 1.48 Mb.
|
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111
L ≥ 1,5 P
P - xona maydonining tomonlar yig’indisi, m. Evakuatsiya vaqtini aniqlashda lift va eskalator uskunalaridan foydalanish xisobga olinmaydi. Binolarni er osti qavatlaridan evakuatsiya qilishda odamlarni harakat yo’nalishi bo’ylab yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxonalar mavjud bo’lmasa, xonalardan chiqish yo’lini umumiy zinaxona orqali o’tkazishga ruxsat etiladi. Agar erto’lada bunday omborlar mavjud bo’lsa va bu omborlar uchun alohida chiqish yo’li asosiy evakuatsiya yo’lidan o’tda yonmaydigan devor bilan to’silgan bo’lsagina, ulardan evakuatsiya qilishda umumiy zinaxonadan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar er to’lada joylashgan xonaning sathi 300 m2 gacha bo’lib, undagi odamlar soni 15 kishidan oshmagan bo’lsa, xonadan chiqish oson bo’lishi uchun maxsus moslamalar mavjud bo’lgan taqdirda, tik o’rnatilgan narvon bilan erto’la tomidagi 0,9 x 0,9 m2 o’lchamli tuynuk orqali, yoki tashqi devorda o’rnatilgan o’lchami 0,75 x 1,5 m2 teng bo’lgan deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin bo’ladi. Er to’lada ishlovchilar soni 5 kishidan oshmasa, undan chiqish uchun bitta tuynuk yoki deraza qo’yish kifoya qiladi. Binoning qaysi qavatida bo’lishidan qat’iy nazar, agar xonadan chiqish eshigi, shu qavatdagi ikkita evakuatsiya chiqish darvozasiga olib boradigan bo’lsa, bu xonadan chiqish uchun bitta evakuatsiya eshigi qo’yilishi mumkin. Faqat xonadagi eng uzoq joylashgan ish joyidan to bu eshikkacha bo’lgan masofa 25 m dan uzoq bo’lmasligi va bir smenada ishchilar soni, A va B toifadagi xonalarda – 5 kishidan, V toifadagi xonada -25 kishidan, G va D toifadagi xonalarda 50 kishidan oshmasligi shart. Evakuatsiya yo’nalishi bo’ylab jolashgan yo’l qismlari (oraliq yo’laklar, koridor, zinapoyalar va h.o.) harxil texnik qurilmalar bilan toraymasligi, balki aksincha yo’l-yo’lakay qo’shilib boruvchi odamlar oqimini hisobga olgan holda kengayib borishi inobatga olinishi lozim bo’ladi. Barcha evakuatsiya yo’llari tabiiy yoki sun’iy yorug’lik bilan ta’minlangan bo’lishi va sun’iy yoritilganlik tizimi albatta ham umumiy va ham avariya elektr tarmog’idan ishlashga moslashtirilgan bo’lishi kerak. Evakuatsiya paytida xonalardan ko’chayotgan odamlarni soniga, binoning o’tga chidamlilik darajasiga, xonalarni toifasiga va hajmiga qarab, chiqish eshiklarini kengligi va eng uzoqdagi ish joyidan evakuatsiya eshigigacha bo’lgan masofani spravochnik yordamida ham aniqlash mumkin. Asosiy koridorlarni kengligi hisoblash yo’li bilan aniqlanadi, lekin 1,20 m dan kam bo’lmasligi kerak. Evakuatsiya uchun mo’ljallangan barcha yo’lak va koridorlarda zina yoki bo’sag’alarni rejalashtirilish ruxsat etilmaydi. Agar ularda balandligi harxil bo’lgan pollar mavjud bo’lsa, ularni biridan ikkinchisiga o’tish joyida 1:8 nisbatda nishob bo’lgan qiyaliklar o’rnatilib, maxsus farq qilib turuvchi bo’yoqlarda bo’yalgan bo’lishi kerak. Maydoni 1000 m2 dan katta bo’lmagan va koridor bo’ylab eng uzoq joylashgan xona eshigidan, to tashqariga chiqish yoki zinaxonaga kirish eshigigacha bo’lgan masofa quyidagi jadvalda berilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Jadval 6
Zina elementlarini o’lchamlari xisob yo’li bilan aniqlanadi, ammo zina marshining eni 105 sm dan va qavatlar orasidagi maydonchaning eni, 122 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Marshning maksimal kengligi 240 sm gacha ruxsat etiladi. Lift oldidagi zina maydonchasining kengligi 160 sm dan kam bo’lmasligi shart. Agar zinalar uch va undan ortiq marshli qilib loyihalashtirilsa, har bir marshdagi zinalar soni 3-tadan kam va 18-tadan ko’p bo’lmasligi kerak. YOng’in paytida odamlarni evakuatsiya qilish uchun mo’ljallangan tashqi zinalar, xonalar bilan maxsus balkonlar yoki maydonchalar orqali bog’langan bo’lishi kerak. Bu zinalar marsh davomida 0,8 m balandlikdagi panjara to’siqlar bilan o’ralgan bo’lishi shart. Ishlab chiqorish korxonalari uchun chiqish eshiklarining o’lchami evakuatsiya paytida uning 1 m kengligidan o’tishi mumkin bo’lgan odamlarning soniga qarab quyidagi jadvaldan ham aniqlanishi mumkin. Jadval
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling