Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Download 1.48 Mb.
bet13/16
Sana19.06.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1612701
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs loyiha 23-19 elboboyev odiljon111111111111111111

YOng’inga qarshi to’siqlar deb, yong’in paytida olovni bir xonadan ikkinchisiga yoki bir qavatdan ikkinchi qavatga o’tib ketmasligini ta’minlayoladigan bino qismlariga aytiladi. Bular umumiy va mahalliy to’siqlarga bo’linadi.

Umumiy to’siqlar olovni bino hajmi bo’ylab tarqalmasligini ta’minlasa, mahalliy to’siqlar uni ma’lum gorizontal yoki vertikal yo’nalish bo’ylab tarqalmasligini ta’minlashga xizmat qiladi. Umumiy to’siqlarga yong’inga qarshi devorlar, tomyopg’ich qurilmalar, ekranlar, bo’linmalar, hududlar va oraliq chekinishlar kiradi.

Mahalliy to’siqlarga yonuvchi suyuqliklarni va gazlarni oqib ketmasligini ta’minlaydigan pardalar-diafragmalar (shiber va to’sqichlar), hamda vertikal sirt bo’yicha suv oqizib parda hosil qilish yo’li bilan to’sish usullari misol bo’laoladi.

YOng’inga qarshi ishlaydigan devorlar o’ziga mingashib yoki tirkalib turgan tomyopg’ich plitalarni va boshqa qurilmalarni yong’in tufayli qulab tushganida ham o’zini ustuvorligini yuqotmasligi kerak.




CHizma. 20. YOng’inga qarshi ishlovchi devorlarning ba’zi

ko’rinishlari:

a-yonuvchi ashyolardan qurilgan stropilalik tom; b va v- qiyin yonuvchi tekis tom; 1- yonuvchi ashyolardan qurilgan tashqi devor;2-yong’inga qarshi devor;3- metal ferma;4-metal to’sin; 5-qovurg’alangan tomyopg’ich (profnastil); 6-polimer zichlagich; 7- yumshoq ko’p qavatli ruberoit qoplama; 8-himoya qatlami;9- qiyin yonuvchi isitgich qatlam; 10- temirbeton plita; 11- temirbeton shopul;12- ustun.

YOng’inga qarshi ishlaydigan to’siqlar yonmaydigan qurilish ashyolaridan tayyorlangan bo’lishi va yuqori darajadagi o’tga chidamlilik chegaralariga ega bo’lishi shart. Jumladan yong’in xavfsizligi me’yori talabiga binoan yong’inga qarshi devorning 1-chi turi uchun o’tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan va 2-chi turdagi devorlar uchun esa 0,75 soatdan kam bo’lmasligi belgilab qo’yilgan.

YOng’inga qarshi devorlarda eshik qo’yish ayrim holatlarda ruxsat etiladi, ammo bu eshiklar albatta maxsus, yong’inga chidamli qilib tayyorlangan bo’ladi va ularning o’tga chidamlilik darajasi kamida 1,2 soatga teng bo’lishi shart. Bunday eshiklar metal karkasdan tayyorlanib ikkala tomonidan po’lat tunuka bilan qoplanadi va orasini o’tda yonmaydigan mineral paxta yoki vermikulit kabi issiqlik saqlagich ashyolar bilan to’ldiriladi. Bular o’tda yonmaydigan eshiklar turiga kiradi.

YOng’inga qarshi devorlarda zarurat bo’lganda ochilmaydigan derazalar qo’yilishiga ruxsat etiladi va ularni o’tga chidamlilik darajasi 1,2 soatdan kam bo’lmasligi lozim bo’ladi. Odatda ularni olovga chidamli bo’lgan shisha bloklar yoki shisha profilitlardan tayyorlanadi.

To’siqlar guruxiga kiruvchi yana bir qurilma, yong’inga chidamli tomyopg’ich plitalar bo’lib, ular uch turga bo’linadi: o’tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan kam bo’lmasa 1-chi turga, 1 soat bo’lganda 2-chi turga va 0,75 soatga teng bo’lsa 3-chi turga kiradi. Ular yonmaydigan ashyolardan tayyorlanadilar va me’yor talab etgan o’tga chidamlilik muddati davomida yong’inni bino qavatlari bo’yicha tarqalib ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

YOng’inga qarshi tomyopg’ich plitalarda qoida bo’yicha tuynuk (proem) qo’yilmaydi. Lekin tuynuk qo’yish lozim bo’lganda ularni yong’inda yonmaydigan qopqoqlar yoki maxsus klapanlar bilan himoyalanadi.

Bunday toifadagi tomyopg’ich plitalarni ishlatilish sohalari maxsus va tarmoq qurilish me’yorlari va qoidalarida me’yorlanadi. Bu xildagi tomyopg’ich plitalarni eng ko’p tarqalganlari 2-chi va 3-chi turlari xisoblanib, ular asosan I va II darajali o’tga chidamlilikka ega bo’lgan bino va inshootlarning erto’la va chodoq tomlarini yopishda qo’llaniladi.

Agar qolgan barcha qavatlarning tomyopg’ich plitalari o’tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan bo’lib, xonaning shifti bo’yicha tuynuksiz yaxlit o’rnatilgan bo’lsa va o’tga chidamlilik darajasi 0,75 soatdan kam bo’lmasa, ular yong’inga qarshi to’siq vazifasini o’tashi mumkin.

YOng’inga qarshi ishlaydigan 1-chi turdagi tomyopg’ich plitalar asosan bir qavatli sanoat korxonalari va omborxonalardagi yong’inga qarshi bo’linmalar, seksiyalar va xududlarni tomini yopishda qo’llaniladi, chunki ularning devorlari ham shu toifadan bo’lib, birxildagi o’tga chidamlilik darajasiga ega.

Iva II darajali yong’inga chidamli binolarning erosti va barcha qavatlardagi yong’inga qarshi ishlaydigan tomyopg’ich plitalarini o’tga chidamlilik darajasi, eng kamida 1 soatga, III va V darajali o’tga chidamli binolarda esa 0,75 soatdan kam bo’lmasligi kerak. Evakuatsiya yo’llari (yo’laklar, koridor, zinaxona va daxliz) ustidagi tomyopg’ich plitalar yong’inga qarshi to’siq vazifasini o’taydi, shu boisdan ular o’tga chidamli ashyolardan tayyorlangan bo’lishi va yong’in paytida kamida 2,5 soat ustuvor turaolishi lozim.




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling