“METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR” fakulteti “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” kafedrasi “ORGANIK SINTEZ TEXNOLOGIYASI” fanidan MUSTAQIL ISH B Guruh: 11b-19KT Bajardi: Ababakirova Ch.I. Qabul qildi: Ochilov M. MAVZU: Aromatik birikmalarni nitrolash. MAVZU: Aromatik birikmalarni nitrolash. REJA: 2. Aromatik uglevodorodlar Nitrobirikmalar biologik moddalar hisoblanadi. Ularning barchasi ozmi-ko'pmi zaharli ta'sir etuvchi vositalardir. Molekulaga gidroksil yoki karboksil guruhi kiritilganda zaharlilik xususiyati kamayadi. Nitroguruh markaziy asab sistemasi va jigarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Lekin nitroguruhli moddalarni ko'pchiligi biologik xususiyatni ham namoyon qilishi sababli, turli mikroblar va hasharotlarga qarshi preparatlar sifatida qo'llaniladi. Masalan, antibiotiklardan levometsitin, p-nitrobenzilpenitsillin bunga misol bola oladi. Dorivor vositalar va vitaminlar olishda aromatik va geteroaromatik, alifatik nitrobirikmalar oraliq mahsulot sifatida muhim ahamiyatga ega. Organik birikmalar tarkibidagi vodorod atomi o'rniga NO2 guruhi almashinish jarayoniga nitrollash reaksiyasi deyiladi. Nitrollash vositalari sifatida nitrat kislota, nitrat va sulfat kislota aralashmasi (melanj), nitrat va sirka kislota aralashmasi, azot oksidlaridan foydalaniladi. Nitrollash reaksiyasi tez sodir bo'luvchi, qaytmas va ekzotermik jarayondir. Nitrollashda aromatik uglevodorodlar, ularning hosilalari, to'yinmagan birikmalar va alkanlar xomashyo sifatida qo'llaniladi. Organik birikmalarga nitroguruh turli usullar yordamida kiritilishi mumkin. Sanoatda eng muhim ahamiyatga ega bo'lganlari quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |