Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti


Download 1.77 Mb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1271682
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Charos organika

Aromatik uglevodorodlar.

Aromatik uglevodorodlar.

Organik sintez sanoatida aromatik uglevodorodlar olefinlardan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi. Tabiiy manbalardan olinadigan aromatik uglevodorodlar orasida benzol, ksilollar katta ahamiyatga ega. Ba'zi bir aromatik birikmalarni fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari bilan tanishamiz

Aromatik uglevodorodlar qutbli erituvchilardan dietilenglikol, fenolda yaxshi eriydi. Ular qattiq sorbentlarga (aktivlangan ko'mir, silikagel) yaxshi yutiladi. Ushbu xossalari hisobiga aromatik uglevodorodlarni sanoatda ekstraksiya, ekstraktiv haydash va adsorbsiya yo'li bilan ajratish mumkin. Aromatik uglevodorodlar benzol, toluol va ksilollarni chaqnash temperaturasi ancha past, shuning uchun ularni alangalanishi oson. Aromatik uglevodorodlar boshqa uglevodorodlar sinfiga nisbatan zaharli hisoblanadi. Qonni zaharlash xususiyatiga ega. Aromatik uglevodorodlarni olish man'bai neft mahsulotlarini piroliz va riforming jarayoni hamda toshko'mirni kokslashdir.

Neft mahsulotlarini aromatlashtirish. Avval aytilganidek, pirolizning suyuq mahsulotlari tarkibida aromatik uglevodorodlar bo'ladi, keyin ular ajratib olinadi.

Neft mahsulotlarini aromatlashtirish. Avval aytilganidek, pirolizning suyuq mahsulotlari tarkibida aromatik uglevodorodlar bo'ladi, keyin ular ajratib olinadi.

Benzinni piroliz qilish natijasida 20-25% smola hosil bo'ladi, smola tarkibi 85—95% aromatik uglevodorodlardan iborat. C3-C4 uglevodorod gazlarini piroliz qilish natijasida esa 5-8% smola hosil bo'ladi. Piroliz natijasida olingan suyuq mahsulotlarni birlamchi qayta ishlash natijasida 4 ta fraksiya ajraladi:

1) «bosh» fraksiya, uning tarkibi C5 dan iborat parafin va olefinlardan iborat;

2) «yengil» moy fraksiyasi (75-180°C), uning tarkibi monosiklik aromatik uglevodordlar bilan olefin va parafinlar aralashmasidan iborat;

3) «o'rtacha» moy fraksiyasi (180-300°C);

4) qoldiq, benzol koksi olish uchun qo'llaniladi


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling