Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ” kafedrasi


Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlari


Download 65.55 Kb.
bet4/7
Sana08.05.2023
Hajmi65.55 Kb.
#1445848
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oliy ta`lim muassasalarida ichki qonun qoidalar va ularga rioya qilish

Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlari
Professor-o’qituvchilarning o’zaro munosabatlarida - yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, xalollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
Professor-o’qtuvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitshi, o’zganing intelektual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qatiyan man etiladi.
Talabalarning o’zaro munosabatlari
Talabalarning o’zaro munosabatlarida-yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intelektual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, behayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.
Professor-o’qituvchilarniig odob-axloqqa oid majburiyatlari
- odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo’lish;
- OTM manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyish;
- biror - bir noxush voqea yoki xodisa ro’y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga xabar berish;
- OTM sha’ni va nufuziga dog’ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
- OTM to’g’risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro’siga ziyon etkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanmaslik;
- dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy- ananalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ’ib qilish;
- yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan ogoh etib borish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashiing va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashish.

Download 65.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling