Nobalansni ustavka signalini tanlash
Inb nobalans signalni o'rnatish yuklama rejimida maksimal muvozanat tokidan chiqish shartidan tanlanadi va quyidagi formula bo'yicha topiladi:
;
bu yerda:
xotoliklarni va kerakli zaxirani hisobga oluvchi koeffitsiyent;
transformator orqali, maksimal ichki QT ga javob beradigan nisbiy hisoblangan maksimal nobalans tok.
O'rnatish qiymati transformatorni yuklama rejimida muvozanatning haqiqiy toki to'g'risidagi ma'lumotlar asosida ishga tushirgandan so'ng aniqlanishi tavsiya etiladi.
Maksimal tokli himoya
Maksimal tokli himoya himoyalanayotgan elementning ishlash tokidan o‘ta oshishidan ishga tushadi. Transformatorning tokini oshishiga transformatorning o‘zini shikstlanishi, shinalardagi yoki past kuchlanish tomonidan ketuvchi elementlardagi qisqa tutashuvlar, shuningdek transformatordan ta’minlanayotgan motorlarning o‘z – o‘zini ishga tushishi hamda zahirani qayta ulash orqali transformatorga qo‘shimcha yuklamani qo‘shilishi sabab bo‘lishi mumkin. Motorlarning o‘z – o‘zini ishga tushishi natijasida yoki zahirani qayta ulash orqali transformatorga qo‘shimcha yuklamani qo‘shilishidan hosil bo‘luvchi o‘ta yuklanishlardan himoyani ortiqcha(hato) ishlashini oldini olish maqsadida maksimal tokli himoyaning ishlash toki o‘ta yuklanishlardan hosil bo‘luvchi eng maksimal tokdan katta bo‘lishi lozim.
;
bu yerda:
tormozlangan dvigatellarning o'z-o'zidan ishga tushirilishi sharoitida tokning o'sishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
qaytish koeffitsiyenti;
ishchi maksimal tok;
MTH ning sezgirlik koeffitsienti himoya o'rnatish joyida eng kam tok qiymati bo'lgan zaxira zonasining oxirida metall ikki fazali qisqa tutashuv uchun aniqlanadi:
ushbu tokning eng kichik qiymati bilan zaxira zonasi oxirida metall ikki fazali qisqa tutashuv uchun tok qiymati;
TT ning transfarmatsiya koeffitsiyenti;
MTH ning ishlash toki.
Do'stlaringiz bilan baham: |