Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik elektr mexanikasi fakulteti


Insonnig o’zligini anglash Vatan tarixi,tili,madaniyati va qadriyatlarini bilishdan boshlash


Download 85.91 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi85.91 Kb.
#1620721
1   2   3
Bog'liq
sheraliyev

Insonnig o’zligini anglash Vatan tarixi,tili,madaniyati va qadriyatlarini bilishdan boshlash.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki, o‘zingizga ma’lum, sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag`batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi.Ahvol shu darajaga borgan ediki, o‘z tariximizni o‘zimiz yozish huquqidan mahrum bo‘lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik. "SSSR tarixi" deb atalgan darslikda O‘zbekistonday mamlakatga bor-yo‘g`i 3-4 sahifa o‘rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilar yoki umuman, lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday soxtakorlik, ko‘zbo‘yamachilikni bugun eng olis qishloqlarda yashayotgan oddiy fuqaro ham, maktab o‘quvchisi ham yaxshi biladi. Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo‘layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o‘zligini anglashga chanqoqlikning tub sabablari mana shunda, deb o‘ylayman.Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ`ib qilayotgani, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo‘layotgani diqqatga sazovor. Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o‘zlarini mas’ul sezib, bu bahslarda daxldorlik tuyg`usi bilan ishtirok etayotgani meni, ayniqsa, quvontiradi.Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin, degan gap bor. Men tarixchi emasman. Bu mavzuda aql o‘rgatish fikridan mutlaqo yiroqman. Lekin tabiiy bir savol tug`iladi: davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimiz, kimligimizni bilishimiz kerakmi-yo‘qmi? Ya’ni, yurtimizda faol mehnat qilayotgan muhtaram akademiklar, olimlar, adiblar, noshirlar, avvalambor tarixchilarimiz birgalashib, mana shu savollarga javob topishi kerakmi-yo‘qmi?...Nazarimda, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi, o‘zligi, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv etishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo‘q. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur.
Masalan, qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o‘troq madaniyat tashkil etganmi yo ko‘chmanchimi? O‘zbek xalqining shakllanishida qanday elatlarning ta’siri bo‘lgan? Bilaman, bular og‘ir savollar. Lekin ularga javob topishimiz zarur.
Atrofimizda joylashgan ba’zi davlatlar va millatlarning vakillarida ham bizlar qatori o‘z tarixlarini boshqatdan o‘rganish, chuqurroq o‘rganish tuyg`ularini sezish mumkin. Balki, bu ham to‘g‘ridir. O‘ar bir xalq nimanidir o‘zining milliy iftixori, deb biladi. O‘ar xil kitoblar chop etishadi, katta-katta anjumanlar tashkil qilinadi. Ahmad Yassaviy bobomizning muqaddas merosini o‘rganish maqsadida goh Turkiston, goh Istanbul, goh Izmirda uchrashuvlar o‘tkaziladi. Mana shu uchrashuv-anjumanlarda O‘zbekiston vakillari, avvalambor, ilmiy-tarixiy asoslarga, chuqur tadqiqotlarga suyanib, ba’zi bir soxta urinishlarga berilib ketmasdan, haqqoniy dalil va isbotlarni qurol qilib olsalar, ma’qul bo‘lardi.Yana qaytarib aytmoqchiman: biz o‘zimizni millat deb bilar ekanmiz, o‘zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Turkiytilli xalq bor, turk xalqi bor. Farqini har bir fuqaromiz, avvalo, farzandlarimiz bilib olsinlar. Nega shu masalalar bo‘yicha tarixchilarimiz og`izlariga talqon solgandek miq etishmaydi?

Download 85.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling