Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
Download 360.77 Kb.
|
Nosirov m. 7b-18 KEM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari
- Elektr sxemalarni tuzishda q uyidagi mulo h aza va talablarga rioya etiladi
- Xulosa Umumiy holda, elektron sxemalari quyidagilardan iborat: 1) avtomatlashtirish tizimining malum bir funktsional birligining ishlash printsipining shartli tasvirlari;
- 4) kop pozitsiyali qurilmalarning kontaktli kommutatsiya diagrammalari; 5) ushbu sxemada ishlatiladigan asbob va uskunalar royxati;
- Foydalanilgan adabiyotlar
8-jadval
Prinsipial elektr sxemelarda ko‘p uchraydigan elementlarningshartli harfiy belgilanishi
3.Elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari Elektr sxemalarda umumiy holda quyidagilar ifodalanishi lozim: Boshqarish, rostlash, o‘lchash, signallash, elektr ta’minot, kuch zanjirlari; Boshqa sxemalarda qo‘llaniladigan shu sxemadagi apparatlarning kontaktlari va o‘zga sxemalardagi apparatlarning kontaktlari; Qayta ulagich, dasturli qurilmalar, chekka va yo‘l uzgichlari kontaktlarining ulanish diagramma va jadvallari, hamda apparatlarning ishlash siklogrammalari; Jihozlarning blokirovkali bog‘lanish sxemalari; Lozim bo‘lgan tushuntirishlar va izohlar; Elementlar ro‘yxati; Asosiy bayon. Loyihalanayotgan obektning murakkabligiga qarab turli zanjirlar birgalikda bir chizmada berilishi yoki har bir zanjir uchun alohida sxemalar to‘ziladi. Masalan: boshqarishning prinsipial elektr sxemasi, texnologik signallashning prinsipial elektr sxemasi va hokazo. Elektr sxemalarni tuzishda quyidagi mulohaza va talablarga rioya etiladi: Yaqqollik nuqtai nazaridan sxemalarni yoyilgan shaklda bergan ma’qul, ya’ni barcha elementlar sxemaning ishlash mantiqiga muvofiq joylashtirilishi kerak; Eyementar zanjirlarni tasvirlash nazorat, signallash, boshqarish va rostlashning ayrim bo‘g‘inlari ketma-ketligiga mos kelishi lozim; Kontaktlar, ulab-uzuvchi qurilmalar normal holatda, ya’ni zanjirda tok bo‘lmagan holatida ko‘rsatiladi; Har bir zanjirning o‘ng tomonida qisqacha tushuntirish yozuvi beriladi; Sxema elementiga berilgan shartli harfiy belgi boshqa sxemalarda qaytarilganda o‘zgarmay qolishi kerak. Davlat standartiga binoan elektr zanjirlarni markirovkalash kerak; bunda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi: O‘zgaruvchan tokli kuch zanjirlari fazalarini anglatuvchi harflar bilan belgilanadi(A,V,S- uch fazali tok zanjiri; A, N- bir fazali tok zanjiri); O‘zgarmas tokli kuch zanjirlarida musbat qutbli qismi toq, manfiy qismi juft sonlar bilan, kirish va chiqish qismlarida esa qutblari (+,-) ko‘rsatilishi kerak; Funksional vazifalariga qarab zanjirlar ma’lum guruh sonlari bilan markirovkalanadi: Boshqarish, rostlash zanjirlari 1...399; Signallash zanjirlari 400...799; Ta’minot zanjirlari 800...999. Zanjirlarni markirovkalashda sonlar ketma-ketligi ta’minot manbaasidan iste’molchi tomonga qarab, zanjirlarning ajralish qismida esa tepadan pastga va chapdan o‘ngga karab amalga oshirilishi lozim. Elektr zanjirlarning kommutatsiyasida ko‘p holatli apparatlar (kalitlar, qayta ulagichlar va shu kabilar) qo‘llanilganda chizmada qayta ulash jadvali va diagrammalarini ko‘rsatish lozim (8- rasm). 8-rasm. Universal qayta ulagichning texnik harakteristikasi. a) – ulanadigan zanjirlar; b) – qayta ulagichning montaj ko‘rinishi; v) – qayta ulash diagrammasi. Xulosa Umumiy holda, elektron sxemalari quyidagilardan iborat: 1) avtomatlashtirish tizimining ma'lum bir funktsional birligining ishlash printsipining shartli tasvirlari; 2) tushuntirish yozuvlari; 3) boshqa kontaktlarning zanglashida ishlatiladigan ma'lum bir sxemaning alohida elementlari (qurilmalar, elektr jihozlari) qismlari, shuningdek boshqa sxemalardan qurilmalar elementlari; 4) ko'p pozitsiyali qurilmalarning kontaktli kommutatsiya diagrammalari; 5) ushbu sxemada ishlatiladigan asbob va uskunalar ro'yxati; 6) ushbu sxema bilan bog'liq chizmalar, umumiy tushuntirishlar va eslatmalar ro'yxati. O'chirish sxemalarini o'qish uchun kontaktlarning zanglashiga olib borish algoritmini bilish, qurilmalar, apparatlarning ishlash printsipini tushunish kerak, ularning asosida elektron sxemasi qurilgan. Belgilangan maqsadlar uchun boshqarish tizimlarining sxematik diagrammalarini boshqarish davrlari, texnologik nazorat va signalizatsiya, avtomatik tartibga solish va elektr ta'minoti bo'linishi mumkin. Turlarga ko'ra sxematik diagrammalar elektr, pnevmatik, gidravlik va estrodiol bo'lishi mumkin. Ishda elektr zanjirlarining grafik dizaynining umumiy talablari o'rganildi, elektr kontaktlarning zanjirlari elementlari va moslamalarini tasvir va alfasayısal belgilashda va elektron elementlarning ro'yxati jadvalini tuzishda ko'nikmalar hosil qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari, Yusufbekov N.R. va boshqalar, T., O‘qituvchi, 1997, 562-566 betlar. Proyektirovaniye sistem avtomatizatsii texnologicheskix protsessov, Spravochnoye posobiye, Pod red. A.S. Klyueva, M., Energoatomizdat, 1990, str. 43-85. Texnika chteniya sistem avtomaticheskogo upravlaniya i texnologicheskogo kontrolya, Pod red. A.S. Klyueva, 3-ye izdaniye, M., Energoatomizdat. 1991, str. 118-138 Download 360.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling