Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 1.1 Mb.
bet2/2
Sana10.06.2020
Hajmi1.1 Mb.
#117006
1   2
Bog'liq
Algoritm va uning turlari


Tarmoqlanuvchi algoritmlar

Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi

Masalan yurib borayotgan yo’lning ikkiga ajralishi tufayli o’ng yoki chap yo’lni tanlash lozim bo’lib qolishi bunga misol bo’ladi.

Bu turdagi algoritmda berilgan «SHART» dastur bajarilishini keying bosqichini qaysi yo’ldan bajarilishini xal qilib beradi.

Misol: Agar MABLAG’IM (mablag’ miqdori M) yetsa elektrotexnika do’konidan TELEVIZOR (televizor narxi T) xarid qilaman, yetmay qolsa RADIO (radio narxi R) xarid qilaman.



2.2-rasm. Tarmoqlanuvchi algoritmning grafik blok-sxemada ifodalanishi

1 shartda agar mablag’ televizor narxidan baland yoki teng bo’lsa, televizor xarid qilinadi, aks xolda ikkinchi shartga o’tiladi. Ikkinchi shrtda agar mablag’ radio narxidan baland yoki teng bo’lsa radio xarid qilinadi aks xolda uyga bo’sh qaytiladi.


    1. Takrorlanuvchi algoritmlar

Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi.

Takrorlanuvchi algoritmlar strukturasini yaratish quyidagi tushunchalarga ajratiladi:

Takrorlash parametri – takrorlashlarning ko’p martalab bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan qiymat.

Takrorlashlar parametrlarining boshlang’ich va yakuniy qiymatlari.

Takrorlash qadamlari – takrorlanishlarinig xar bir takrorlanishida o’zgaruvchi qiymat.

Takrorlanuvchi algoritmlar takrorlanishga tayyorlanish, takrorlanish tanasi va takrorlanishni davom ettirish shartlari kabi qismlardan tashkil topadi.

Dasturlashda juda ko’p masalalar takrorlanuvchi algoritmlar yordamida amalga oshiriladi. Buni oddiy misol orqali ko’rib chiqamiz.

Masala:


Suv sisternasi 100 litr suv sig’imi (H1)ga ega, hozir u bo’sh (H0) va u suv kranidan 200 metr masofada joylashgan. 1 ta chelakning suv sig’imi 5 litr. Odam bir ko’targanda ikkita chelakni ko’tara olishini va chelaklar umumiy suv sig’imi 10 litr (L) ekanligini, shuningdek sisterna to’lmaguncha dam olish mumkun emasligini xisobga olsak, 1 ta odam sisternani to’ldirish uchun suv kranidan sisternagacha necha marta (i) borib kelganidan so’ng dam oladi?

2.3-rasm. Takrorlanuvchi algoritmning grafik blok-sxemada ifodalanishi



Xulosa

Algoritmlar – barcha soxasining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi va u o’zida butun boshli jarayonlarni abstrakt tarzda namoyon etadi.

Odatda biz odatdagi harakatlarni ikkilanmasdan, mexanik ravishda bajaramiz. Masalan, eshikni kalit bilan qanday ochishni yaxshi bilasiz. Ammo chaqaloqqa buni o'rgatish uchun ushbu harakatlarni ham, ularni amalga oshirish tartibini ham aniq tushuntirish kerak bo'ladi.

Algoritmlarni yaratish jarayonlari xam xuddi shunday har bir jarayonni sinchiklab, turli sharoitlarni o’rganib chiqqan xolda olib boriladi.

Algoritmlarning puxta tuzilishi bizga kerakli maqsadga samarali va eng maqbul yo’llar bilan erishishimizga zamin yaratib beradi.

Algoritmlar turlari esa ular xal qiladigan masalalarning xususiyatiga qarab ajratiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Стивен С. Скиена – Алгоритмы. Руководство по разработке, 2011 г.
  2. Джордж Хайнеман, Гари Поллис, Стэнли Селков – Алгоритмы. Справочник с примерами на C, C++, Java и Python, 2017 г.

  3. Роберт Седжвик – Фундаментальные алгоритмы на С++.Часть 5, 2001 г.


  4. Dasturchi.uz veb sayti

  5. Ziyonet.uz vab sayti

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling