Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universititeti olmaliq filiali “
Download 19.56 Kb.
|
Avtomatlashtirilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI:_______________________ TEKSHIRDI:_____________________ OLMALIQ-2023
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNAVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITITETI OLMALIQ FILIALI “_____________________________ ____________________” fanidan MUSTAQIL ISH MAVZU: _______________________________________ BAJARDI:_______________________ TEKSHIRDI:_____________________ OLMALIQ-2023 Mavzu: Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirish yo’llari. Reja:
1 Avtomatlashtirishning mohiyati, tizimlari, turlari va funksiyalari. 2. Avtomatlashtirish tizimlarininu elementlari. 3. Datchiklar. 4. Avtomatlashtirish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari. KIRISH Hozirgi kunda mashinasozlik korxonalarining jadal sur’atlarda ishlashini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni dunyo bozorida raqobatlasha olishini ta’minlash maqsadida texnologik usullarning samaradorligi, jihozlarning ishonchliligi va ularning aniqligini oshirish hamda keng ko’lamda avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega. Innovasion g’oyalar va texnologiyalarni takomilashtirish hamda yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda fan-texnika, balki butun jamiyat taraqqiyotini avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish qiyin, chunki avtomatlashtirilgan texnologiyalar qo’llanilmaydigan biror-bir sohani topish juda qiyin. Rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish sanoati faoliyati va ularda texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda boshqarishning o’ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotining rivojlanishi konsepsiyasi sanoatning barcha tarmoqlarida Yuqori unumdorlikka ega, ishonchli, tejamkor texnologik jihozlarni yaratishda zamonaviy texnologiyalarni keng ko’lamda qo’llanishini ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu borada rivojlangan chet el mamlakatlarida, ya’ni AQSH, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarda ma’lum Yutuqlarga erishilgan bo’lib, ularda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun mashinasozlik korxonalarida texnologik jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fan vatexnikani so’ngi yillarda uzluksiz rivojlvnib borishi ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotlarni turi tez-tez o’zgarishi, ishlab chiqarish ob’ektlari almashinib, yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish muddatlarini qisqarishiga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi jihozlarni hamda ularning boshqarish tizimlarini loyixalash va hisoblash usullarini rivojlantirishni talab etadi. Yalpi va seriyali ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan 12 mashinalar tizimini yaratish va ularni korxonalarga tatbiq etish murakkab va mehnatni ko’p talab qiladigan masala hisoblanadi. Loyihanayotgan avtomatik liniyalar qancha murakkab bo’lsa, ularni o’rnatish variantlari shuncha ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida texnik masalalarni yechimi ularni loyixalash bosqichini bajarish davridan boshlanadi. Avtomatlashtirilgan mashina tizimlarini loyihalashda ularning strukturasi va kompanovkasi variantlariga, prinsipial sxemalariga, samaradorlik, ishonchlilik, iqtisodiy effektivligi hisoblariga asoslanadi. Mashinasozlikning avtomatlashtirish darajasi xozirgi kunda avtomatlashtirilgan mashinalar tizimlarini yaratishga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarishning har xil bosqichlarini – zagotovka tayyorlashdan yig’ishgacha bo’lgan jaryonlarni o’z ichiga oladi. Bunda avtomatlashtirishni markazi yalpi ishlab chiqarishdan seriyali ishlab chiqarish tomon o’tib borishi bilan asoslanadi. Bu o’z navbatida yordamchi texnologik jarayonlarni ham avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish va iqtisodiy, tashkiliy hamda boshqaruv tizimi masalalarini yechimini topish bilan bog’liq. Kompleks avtomatlashtirish doimiy ravishda texnik uskunalar(raqamli dasturda boshqarish tizimlari va dasturlari; oddiy mexanizmlardan elektron boshqaruv tizimlarigacha)ni takomillashtirib, bir tizimga keltirish usullaridan foydalanilgan holda ularning avtomatlashtirishning har bir bosqichida umumiy usullardan foydalanishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida bir necha xildagi avtomatik liniyalarni loyihalash imkonini beradi. Demak, texnik taraqqiyotning rivojlanishini belgilovchi – mashinasozlikda mashina va mexanizmlarni loyixalashda va ularni ishlatishda tadqiqotning ilmiy asoslari namoyon bo’ladi. Download 19.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling