Islom karimov nomidagi


IP60:Changdan himoyalangan ijro. Himoya qobig‘i, umuman chang o‘tkazmaydi.  IP65


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana07.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1694841
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy ish КМ ЭЖ ва А 23

IP60:Changdan himoyalangan ijro. Himoya qobig‘i, umuman chang o‘tkazmaydi. 
IP65:Chang va suvdan himoyalangan ijro. IP60 ijroning xususiyatlariga qo‘shimcha 
ravishda himoya qobig`i, apparat ustiga har qanday burchak ostida yo‘naltirilgan suv 
tomchilarning ta’siridan himoyalaydi. 
IP66:Chang va suv o‘tkazmaydigan ijro. IP60 ijroning xususiyatlariga qo‘shimcha 
ravishda himoya qobig`i, apparat ustiga har qanday burchak ostida yo‘naltirilgan suv 
tomchilarning apparat ichiga kirishidan to`la himoyalaydi. 
IP67:Germetik ijro. IP60 ijroning xususiyatlariga qo‘shimcha ravishda himoya qobig`i, 
apparatning to‘liq germetizatsiyasini ta’minlaydi. 
3. Iqlimiy omillarning elektr apparatlarga ta‟siri. 
 
Atrof muhitning iqlimiy omillari deganda, apparatni o‘rab turgan muhitning harorati, 
namligi, havo bosimi (dengiz sathidan balandligi), quyosh nurlanishi, yomg‘ir, shamol, chang 
(shu jumladan, qor), tuzli tuman, shudring, suvning gidrostatik bosimi, mog‘orlarning ta`siri,
korroziyali–faol agentlarning havodagi tarkibi kabilar tushuniladi. Apparatning kafolatlangan 
xizmat muddatini, nominal parametrlarini ta’minlovchi klimatik omillar ishchi omillar 
deyiladi.Nominal parametrlardan aparatning ish faoliyatini saqlab qoluvchi ruxsat etilgan 
chetlanishlarda, bu chetlanishlar tugaganidan so’ng apparat nominal parametrlarini qayta 
tiklanishini ta’minlovchi klimatik omillar chegaraviy ishchi omillar deyiladi.Ko’pchilik elektr 
apparatlari dengiz satxidan 1000 metr normal balandlikda nominal parametrlar bilan ishlaydigan 
qilib chiqariladi. Lekin apparatlar 1000 metrda balandroqda ham ishlashi mumkin. Bunda 1000 
metrdan yuqori bo’lgan har bir 100 metr balandlikka nominal yuklamani kamytirilishi 
ko’rsatiladi. 


Elektr apparatning texnik hujjatlarida uning normal holatda ishlashini ta’minlovchi 
iqlimiy omillarning qiymatlari ko‘rsatiladi. Iqlimiy omillarning ishchi va chegaraviy qiymatlari 
mavjud. Apparatning kafolatlangan xizmat muddatini va nominal parametrlarini ta’minlovchi 
iqlimiy omillarga ishchi omillar deyiladi. Nominal parametrlardan apparatning ish faoliyatini 
saqlab qoluvchi ruxsat etilgan chetlanishlarda va bu chetlanishlar tugaganidan so‘ng, apparatning 
nominal parametrlarini qayta tiklanishini ta’minlovchi iqlimiy omillar, chegaraviy ishchi omillar 
deyiladi.Iqlimiy omillarnig ta’siri nuqtai nazaridan, yer sharining yuzasi bir qator 
makroiqlimiy hududlarga bo‘linadi.
Quyidagi 1.2–jadvalda elektr apparatlarining iqlimiy ijrosi va ularning shartli 
belgilanishi keltirilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling