Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi
Download 255.34 Kb.
|
2. 2 Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi
Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishiQatlamlarning gorizontal yotishi qatlamlanish yuzasining gorizontal tekislikka nisbatan parallelligi bilan belgilanadi. Tabiatda qatlamlarning mutlaq gorizontal yotishi kamdan-kam uchraydi. Bu cho’kindi to’planayotgan havzalar yuzasi relyefniing dastlabki notekisligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham hosil bo’layotgan qatlamlar yuzasi bir qancha qiyalikka ega bo’lishi mumkin. Bu qiyalik 1-20 atrofida bo’lib, bunday qatlamlarni gorizontal yotgan deb qabul qilish mumkin. Keng maydonlarni egallab yotuvchi cho’kindi havzalari (dengiz, ko’l akvatoriyalari, materik tekisliklari va past tekisliklari) yuzasining qiyaligi ancha kam, ko’z ilg’amas bo’ladi. O’rta Osiyoning G’arbiy qismini egallagan bepoyon Turon past tekisligi shular jumlasidandir. Bu Yerda hosil bo’layotgan to’rtlamchi kontinental yotqiziqlarining birlamchi yotish qiyaligi sezilarli emas. Tabiatda yuz berayotgan jarayontaming barchasi muvozanatga intilish qonuniga asosan, dastlabki notekis yuzalar cho’kindi hosil bo’lishi davomida tekislanib boradi. Bu muvozanat tektonik kuchlar natijasida buzilishi mumkin. Shuning uchun ham tektonik kuchlar ta’sir qilmagan qatlamlar o’zining birlamchi gorizontal yotish holatini uzoq muddatgacha saqlab qoladi. Relyefi notekis bo’lgan tog’li o’lkalarda hosil bo’layotgan yotqiziqlarning birlamchi yotish qiyaligi ancha yuqori, 5-100 va undan ortiq bo’lishi mumkin. Ularning birlamchi yotish burchagi hosil bo’lish sharoiti bilan chambarchas bog’liq. Elyuvial yotqiziqlar nurash materiallarining chetga olib ketilmaganligi sababli yuvilish yuzasi qiyaligini ifodataydi Delyuvial yotqiziqlar ham nurash matenallarning yomg’ir va qor suvlari yordamida tog’ yonbag’irlarida va ularning etaklarida to’planishi natijasida birlamchi relyef yuzasining nishabligiga bog’liq holda ma’lum qiyalik burchagiga ega bo’ladi. Prolyuvial yotqiziqlar tog’oldi hududlarida sel singari kuchli vaqtinchalik suv oqimlari faoliyati natijasida to’plangan chiqaruv konus yotqiziqlarining o’zaro qo’shilib, tog’ tizmalari va tepaliklarni o’rab turuvchi qambar hosil qiladi. Bunday yotqiziqlar suv oqimi bo’yicha ma’lum miqdorda g’o’lali jinslar, shag’al, qum va gilga ajralgan holda yotadi. Bunday yotqiziqlar ustki yuzasining qiyaligi ostki yuzasining qiyaligiga qaraganda ancha katta bo’ladi. 2.3-rasm. Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi. Qatlamlarning dastlabki bir-biriga nisbatan o’zaro yotishi turlicha bo’lishi mumkin. Yuqorida ko’rib chiqilgan elyuvial, delyuvial va prolyuvial yotqiziqlar katta birlamchi yotish burchagiga ega bo’lishi bilan bir qatorda, aniq va o’zaro parallel yuzalarga ega qatlamlar hosil qilmaydi. Ular bu Yerda doimiy saqlanib qolmaydi va qaytadan yuvilib, yirik cho’kindi havzalariga olib chiqib ketiladi. Shuning uchun ham bunday yotqiziqlarning yotish shakllariga to’rtlamchi davr hosilalarini xaritalashdagina ahamiyat beriladi. Birlamchi qiya yotuvchi shakllar vulkanogen yotqiziqlarga ham xos bo’ladi. Lava oqimlari, vulkan konuslari va gumbazlari shular jumlasidan bo’lib, ularning ustki yuzasi qiyaligi ancha katta va ostidagi yotqiziqlarga nomuvofiq yotadi. Download 255.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling