Elektr apparatlarining iqlimiy ijrosi va ularning shartli belgilanishi
1.2–jadval
Iqlimiy sharoitlar
Shartli belgilanishi
Harfli
Raqamli
Kirillcha
Lotincha
Mo`tadil iqlim
У
N
0
Mo`tadil va sovuq iqlim
УХЛ
NF
1
Quruq tropik iqlim
ТС
TA
2
Nam tropik iqlim
ТВ
TH
3
Umumtropik iqlim
Т
T
4
Umumiqlimiy ijro (o`ta sovuq iqlimli hududlardan
tashqari, quruqlikdagi hamma iqlimiy hududlar).
О
U
5
Kon korxonalarida elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari ishlatish
jarayonlarida ochiq havoda, ayvonlar ostida yoki katta xonalarda, tabiiy ventilyasiyali yopiq
katta xonalarda, iqlimiy sharoitlari sun`iy rostlanadigan katta xonalarda, namlik yuqori
isitilmaydigan va ventilyatsiyasiz yer osti, shaxtalarda o`rnatiladi va ishlatiladi. Quyidagi 1.3–
jadvalda elektr apparatlarini ishlatish uchun joylashtirish toifalar va ularning shartli
belgilanishi keltirilgan.
Elektr apparatlarining ishlatish uchun joylashtirish toifalar va ularning shartli
belgilanishi.
1.3– jadval
Ishlatish uchun joylashtirish toifalari
Shartli belgilanishi
Ochiq havoda
1
Ayvon ostida yoki katta xonalarda
2
Tabiiy ventilyasiyali yopiq katta xonalarda
3
Iqlimiy sharoitlari sun`iy rostlanadigan katta xonalarda
4
Namlik yuqori (masalan, isitilmaydigan va ventilyatsiyasiz
yer
osti,jumladan,shaxtalar,yerto`lalar
va
boshqalar)
xonalarda.
5
Masalan, РТ–40/10–УХЛ3 turdagi elektr apparatining shartli belgilanishini quyidagicha
yoyish mumkin: РТ–tok relesi, 40–seriyasi, 10–maksimal ishga tushish toki 10A, УХЛ–mo`tadil
va sovuq iqlimli, 3–tabiiy ventilyasiyali yopiq katta xonalarda ishlatishga mo`ljallangan.
Ko‘pchilik elektr apparatlari dengiz sathidan 1000 metr normal balandlikda, nominal
parametrlar bilan ishlaydigan qilib ishlab chiqariladi. Lekin apparatlar 1000 metrdan
balandroqda ham ishlatilishi mumkin. Bunda 100 metrdan yoki 1000 metrdan yuqori bo‘lgan
balandlikga nominal yuklamani kamaytirilishi ko‘sda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |