12-mavzu. Oʻzaklarning turlari va qoʻlda oʻzak tayyorlash
Oʻzaklarning sinflarga boʻlinishi. Qoʻlda oʻzak tayyorlash tartibi. Oʻzaklarni tayyorlash boshqa usullari.
13-mavzu. Oʻzaklarni mashinada tayyorlash.
Oʻzak tayyorlash mashinalari. Oʻzaklarni kuritish Saykallash va ishlov berish
14-mavzu. Quymakorlik metallurgiyasining umumiy tasnifi
Metallurgiya qanaqa fan? Suyuqlantirish metodlari Metallurgiyada ikkilamchi suyuqlantirish. Shixtaga nima kiradi?
15-mavzu. Suyuqlantirishning asosiy prinsiplari va usullari
Suyuqlantirish jrayonlarining klassifikatsiyasi. Suyuqlantirish polijarayonlar, Uzluksiz va davriy jarayonlar
2.3. Amaliy mashgʻulotlari buyicha koʻrsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
amaliy mashgʻulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
oʻqituvchining innovatsion pedagogik faoliyati boʻyicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uygʻotish;
talabada natijani mustaqil ravishda qoʻlga kiritish imkoniyatini taʼminlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
amaliy mashgʻulotlari nafaqat aniq mavzu boʻyicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Quymakorlik qotishmalarining suyuqlik oquvchanligini aniqlash
2. Induksion pechida poʻlatni suyuqlantirish
3. Modifikatsiya qilinadigan kulrang choʻyanni suyuqlantirish
4. Qolip qumlari va gillarini turlari
5. Qolip aralashmalari va turlari
6. Quyish tizimini turlari, ustamalar, xovuraklar
Amaliy mashgʻulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir oʻqituvchi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Mashgʻulotlar faol va interfaol usullar yordamida oʻtilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʻllanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |