Islom moliya bankining O’zbekistonga kirib kelishi
Obligatsiyalar bilan sukuklarning farqli jihatlarini ko‘rib chiqamiz
Download 33.49 Kb.
|
Islom moliya bankining O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushoraka (sherikchilik) asosida moliyalashtirish
Obligatsiyalar bilan sukuklarning farqli jihatlarini ko‘rib chiqamiz:
1. Obligatsiya qarz majburiyatini bildirsa, sukuk aktivga qisman egalik qilish huquqini beradi. 2. Obligatsiyalar narxi emitentning kredit qobiliyatiga asoslangan bo‘lsa, sukukning narxi esa asosiy aktivning qiymatidan kelib chiqadi. 3. Aktivlar qiymati oshganda sukuk qiymati ham oshadi. Obligatsiyalardan olinadigan foyda qat’iy belgilangan foizlarda aks ettiriladi. 4. Sukukni sotganingizda, ularni qo‘llab-quvvatlovchi mol-mulkka egalik huquqini sotasiz. Obligatsiyalarni sotish - bu qarzlarni sotish demakdir. Mushoraka (sherikchilik) asosida moliyalashtirish Islom banki boshqaruvi oʼzining bir mijoziga (savdo korxonasiga) garov taqdim etish sharti bilan, kompaniyaning aylanma mablagʼlarga boʼlgan talabini qondirish uchun moliyaviy mablagʼ ajratilishini maʼqulladi. Moliyalashtirish shartlariga koʼra, Bank va Mijoz kamayib boruvchi mushoraka (“Mushoraka mutanaqisa”) shartnomasi imzolaydilar. Bunda korxonaning ulushi uning sof aktivlari (yaʼni, “aktivlar-(ayruv) majburiyatlar”) qiymatiga teng boʼladi, Bank esa Mushorakaning umumiy qiymatidagi ulushiga mos boʼlgan mablagʼ taqdim etadi. Koʼrilgan foyda sheriklar oʼrtasida kelishilgan nisbatga koʼra taqsimlanadi va Bankning Mushorakadagi ulushi moliyalashtirish davomida sekin asta Mijoz tomonidan sotib olinadi (yaʼni Bankning ulushi kamayib boradi). Bankning garov talabini qondirish uchun Mijoz bankka boshqa korxonaning kafolatini taklif qiladi. Аmmo ushbu korxonaning 51% egalik ulushi Mijozga tegishli boʼlganligi sababli bunday kafolatni qabul qilish mumkinligi yuzasidan shariat hukmi bayon etilishi soʼraladi. Ushbu masala yuzasidan shariat kengashining xulosasi: Mushoraka shartnomasining asosiy maqsadi sherikchilik mablagʼlaridan foydalanish orqali topilgan foydani tomonlar oʼrtasida boʼlishishdan iborat. Bu tamoyil zarar koʼrilgan holatda ham amal qiladi, yaʼni zarar ham har bir sherikning Mushorakadagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanishi kerak. Download 33.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling