Islom moliya bankining O’zbekistonga kirib kelishi
Download 33.49 Kb.
|
Islom moliya bankining O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar;
Islom moliya bankining O’zbekistonga kirib kelishi Baxtiyor Soataliyev Denov tadbirkorlik va pedagokika Institute 8BH-20 guruh talabasi Tel:+998993955503 Anastatsiya; Jahon moliyasining kichik ulushiga qarab, islomiy moliya tez sur'atlar bilan oʻsib kuzatuv va keyingi oʻsish uchun katta hajmga ega. Hozirda islom moliyasi bank, lizing, sukuk (qimmatli qog'ozlar) va qimmatli qog'ozlar bozorlari, investitsiya fondlari, sug'urta (takaful) va mikromoliyani o'z ichiga oladi. Islom moliyasida islom bankining hozirgi kundagi faoliyati, islomiy sug'urta-takaful boʻyicha borilayotga ishlar, Oʻzbekiston islom moliyasini rivjlanishiga olib chiqishda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar; islom moliyasi, sukuk, ribo, murobaha, takaful, islom banki, investitsiya fondlari, islomiy qimmatli qog'ozlar. Kirish ; “Islom moliyasi” va “Islom iqtisodiyoti” tushunchalari o‘tgan asrning 50-yillarida muomilaga kirib kela boshladi. Birinchi marta bu atama hind iqtisodchisi Abul A'lo Mavdudiy tomonidan foydalanildi. Bu borada dastlabki ilmiy ishlar, ilmiy izlanishlar Hindiston, Pokiston va Misrda olib borildi. 1975 -yilda “Islom taraqqiyot banki” va “Dubay islom banki” birinchi islom banklari sifatida tashkil etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda islom moliyasi bo‘yicha bir qator adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. “Islomiy moliya asoslari” va “Islomiy moliyalar va bank tizimi” adabiyotlari shu jumladan. “Islomiy moliya asoslari” kitobining muallifi E.Baydaulet bo‘lib, kitob tarjimasi Botirxo‘ja Jo‘rayevga tegishlidir. Sukuk – arabchada qonuniy hujjat, akt va sertifikat degan ma’noni bildiradi va u ma’lum bir loyihaning moddiy aktivlari, ko‘rsatilgan xizmatlariga egalik huquqini ya’ni aktivlardagi tegishli ulush qiymatini tasdiqlovchi investitsion sertifikat sifatida qaraladi. Bizga ma’lumki, islom qonunlarida foizlardan olinadigan daromadlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, sukuklarning investitsion tamoyillari foizlarni hisoblash va to‘lashni taqiqlaydi. Bunda qimmatli qog‘ozning daromadlilik darajasi loyihalarning daromadliligiga to‘g‘ridan –to‘g‘ri bog‘liqdir. Shuning uchun sukuk–bu moliyalashtirilgan loyihadagi ulushni aks ettiradi. Download 33.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling