Islom moliya mahsulotlarini o’zbekistonda tatbiq qilish va qo’llash yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot va natijalari
Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga erishishda zakotning o’rni
Download 122.83 Kb.
|
Tezis
Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga erishishda zakotning o’rni.Islom (tsivilizatsiyasi) tarixi davomida zakot va xayri-ehsonlar aholi orasida qashshoqlik darajasini kamaytirish yoki xatto uni tugatishda muhim ahamiyat kasb etgan. Zakot – boyligi maʼlum daraja (nisob)ga yetgan musulmonlar uchun bajarilishi shart boʼlgan moliyaviy ibodat boʼlib, ular bu ibodatni bir yilda bir marta, nisobga yetgan mollarining muayyan qismini maʼlum toifadagi shaxslar (ehtiyojmandlar)ga berish orqali bajaradilar. Zakot ham iymon (shahodat), namoz, roʼza va haj kabi islomning besh ustuni – ruknidan biridir. Oʼzbekistonda Islom moliya mahsulotlarini tatbiq qilish imkoniyatlari, hamda ularga bo’lgan talab va ehtiyojni so’ravnoma asosida baholash.Islom moliyasini mamlakatda tatbiq qilish masalasida biror bir taklif kiritishdan oldin tadbirkorlar, banklar va aholining bu masaladagi fikrini oʼrganish gʼoyat muhim deb hisobladik va ushbu guruhlar orasida soʼrovnoma oʼtkazdik. Аholi oʼrtasida oʼrtasida oʼtkazilgan soʼrovnoma internet orqali, Google form va Survey Monkey dasturlaridan foydalangan holda onlayn shaklda oʼtkazildi. Soʼrovnomada Jami 4938ta odam ishtirok etdi (yaʼni ularning javoblari olindi). Аholi uchun tuzilgan soʼrovnomada ishtirokchilar boʼyicha demografik maʼlumotni oʼz ichiga olgan boʼlim ham bor va bu boʼlimda ishtirokchilar yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish bilan taʼminlanganligi, kasbi, lavozimi, oylik daromadi haqida maʼlumot keltirilgan. Biznes vakillari va banklar uchun tuzilgan soʼrovnomada esa – biznes turi, necha yildan buyon biznes faoliyat olib borayotganligi va yillik yalpi daromadi haqida maʼlumot berilgan.Soʼrovnomada ishtirok etgan aholining 47 foizining yoshi 31-45 oraligʼida,44 foiziniki 18-30 oraligʼida boʼlgan. Ishtirokchilarning 42 foizi oliy maʼlumotga (bakalavr), 36 foizi esa oʼrtamaʼlumotga ega boʼlgan (yaʼni oʼrta maktabni bitirganlar). 25% ishtirokchi davlat ishida ishlaydiganlar, 21% esa xususiy tarmoqda ishlaydiganlar boʼlgan. Biznes va jismoniy shaxslar uchun eng asosiy muammo anʼanaviy kreditlarning islom dini talablariga mos emasligi boʼlgan. Xususan, biznes vakillarining 38%, hamda jismoniy shaxslarning 55% diniy qarashlari sababli anʼanaviy kreditlardan foydalanmasliklarini aytishgan. Kredilardan foydalanmaslikning boshqa sabablari sifatida foiz darajasining yuqoriligi, murakkab talablarning mavjudligi, hamda kreditlardan foydalanish zarurati yoʼqligi koʼrsatilgan. Jismoniy shaxslarga ham, tadbirkorlarga ham bank kreditlari olish murakkabligi, hamda foiz darajasi yuzasidan haqida savol berildi. Bu savolga 45% jismoniy shaxs kredit olish unchalik murakkab emasligini aytishgan boʼlsa, 44 foizi kreditlar boʼyicha foiz darajasining yuqoriligini taʼkidlashgan.Biznes vakillarining 42 foizi banklardan kredit olish unchalik murakkab emas deyishgan boʼlsa, 36 foiz tadbirkorlar foiz darajasining yuqoriligini qayd etishgan. Shuningdek, 44% biznes vakillari banklardan kredit olish oʼta darajada qiyin emas deb javob berishgan, 24 foizi kredit olish shartlari murakkab deyishgan va buni garov va bitimlarning murakkabligi bilan izohlashgan. Download 122.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling