Islom moliya mahsulotlarini o’zbekistonda tatbiq qilish va qo’llash yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot va natijalari


Islom banklari omonat turlariga yoʼnaltirilishi mumkin mablagʼlar (soʼmda)


Download 122.83 Kb.
bet4/4
Sana29.10.2023
Hajmi122.83 Kb.
#1733226
1   2   3   4
Bog'liq
Tezis

Islom banklari omonat turlariga yoʼnaltirilishi mumkin mablagʼlar (soʼmda)



Biznes vakillaridan ham, jismoniy shaxslardan ham islom moliya mahsulotlari va moliyalashtirish usul–bitimlari haqida bilish bilmasliklari soʼraldi va olingan javoblardan ijara (lizing) mahsuloti ikkala guruhda ham eng mashhur moliya mahsuloti, undan keyin esa mudoraba shartnomasi ekanligi maʼlum boʼldi.Salam, Istisna va Sukuk kamchilikka maʼlum boʼlgan mahsulotlar boʼlib chiqdi.




O’zbekiston Respublikasida yaqin kelajakda amalga oshirish uchun quyidagi tavsiyalar berish mumkin: Islom bankchiligi toʼgʼrisidagi qonun qabul qilish va tegishli qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga, shu jumladan Fuqarolik kodeksiga, Soliq kodeksiga va Banklar toʼgʼrisidagi qonunga tegishlioʼzgartirishlar kiritish kerak. Bularni amalga oshirish uchun hukumat xalqaro tajribaga ega boʼlgan tajribali huqushunoslar, bank-moliya sohasi mutaxassislari, Iclom taraqqiyot banki (IsDB) va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) kabi xalqaro tashkilotlarning maxalliy va xalqaro ekspertlaridan iborat ishchi guruhi tuzish.
Islom banklari faoliyati toʼgʼrisidagi tegishli qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilinmaguncha, Ijara, Musharakah, Mudaraba va Murabaha kabi islom moliyasi mahsulotlaridan investitsiya va lizing kompaniyalari foydalanishlari mumkin. Аmmo buning uchun ham baʼzi qonunlar va meʼyoriy xujjatlarga muayyan oʼzgartirishlar kiritish talab etilishi mumkin (albatta huquqshunoslar buni tahlil qilib chiqishlari kerak boʼladi). Ushbu moliya muassasalari aholining boʼsh mablagʼlarini jalb qilish huquqiga ega boʼlishlari kerak. Аlbatta bu jarayon moliyaviy piramidalarning paydo boʼlishini oldini olish maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan nazoratga olinishi maqsadga muvofiq. Buning uchun investitsiya va lizing kompaniyalari faoliyatini tartibga soluvchi tashkilot tuzilishi yoki bu vazifa birorta mavjud tashkilot zimmasiga yuklatilishi kerak boʼladi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, oʼtkazilgan tadqiqot, shu jumladan soʼrovnoma
natijalarini inobatga olgan holda islom moliya tizimini Oʼzbekistondagi mavjud bank-moliya tizimi ichiga kiritish va shu orqali moliya manbalarini koʼpaytirish va moliyalashtirishga boʼlgan extiyojni qondirish tavsiya qilinadi. Zero, mikro, kichik va oʼrta biznes oʼz faoliyatini moliyalashtirish davomida koʼp qiyinchilik va toʼsiqlarga uchramoqda, jumladan anʼanaviy moliya muassasalarining ularni moliyalashtirishdagi imkoniyatlari doim ham yetarli emasligi katta muammolardan biridir. Bir vaqtning oʼzida anʼanaviy va noanaʼanaviy moliya muassasalarining mavjudligi esa yaxshi natija berishi shubhasiz. Bunday tizimning Indoneziya va Bangladesh kabi davlatlarda muvaffaqqiyatga erishganligi ularning bu tajribasini oʼrganish va bizda ham tatbiq qilish mumkinligini anglatadi.
Oʼzbekistonda aholi va tadbirkorlar tomonidan zakot va vaqf uchun mablagʼ ajratishga boʼlgan ishtiyoq juda baland. Bu esa ushbu sohada ishonchli, shaffof va samarali tizim boʼlishini taqozo etadi. Chunki nisbatan boʼlsa ham katta mablagʼlar, ayniqsa ijtimoiy maqsadlarga yoʼnaltirilgan moliyaviy mablagʼlar oqimi bor joyda turli qallobliklar, qingʼir ishlarga yoʼl qoʼymaslik juda muhimdir. Shu bilan birga, jamiyatda zakot va vaqf borasidagi tushuncha va bilimlarini oshirish, islom ijtimoiy moliyasi afzalliklarini targʼib qilish aholi va biznes tarafidan ushbu maqsadlarga yanada koʼproq mablagʼ ajratilishini taʼminlaydi. Bu esa oʼz navbatida barqaror rivojlanish doirasida turli ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Wikipedia.com


2.Statista.com
3. “Islom moliya mahsulotlarini O’zbekisonda tadbiq qilish va qo’llash yuzasidan o’tkazilgan tadqiqot natijalari bo’yicha tahliliy hisobot” – Jaxongir Imamnazarov.
Download 122.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling