Islom sivilizatsiyasining asosiy xarakterlari, o’z belgilari, o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi bosqichlari
Download 15.13 Kb.
|
Daslabki svilizatsiyalarning siyosional iqtisodiy belgilari
Leon Gotye o’zingiz ko’rib turganingizdek, muammoni siyosiy tarix terminlarida deb ko’rsatmoqda. Sivilizatsiya hukmdorlarga, “ma’rifatlangan despotlarga” bog’liq edi. Bog’dod xalifaligining tezlik bilan qulashi aqlbovar qilmas siyosiy tarqoqlikni keltirib chiqardi, biroq g’oyaning tarqalishiga zarar yetkazmadi. Aksincha, u ma’lum darajada intelektual erkinlikka yordam berdi, chunki o’qimishli odamlarga qudratli homiylarni va davlatlarni almashtirish imkonini bergan. Natijada xuddi shudnay jarayon uyg’onish davrida italiyada, XVII va XVIII asrlarda Yevropada takrorlanadi. Islom sivilizatsiyasida bu ma’rifatlangan odamlarning imtiyozi bo’lgan.
Abbosiylar boshqaruv davrida tub o’zgarish: VIII asr o’rtalarida qat’iyatli o’zgarishlar ro’y beradi. Bular siyosiy, ijtimoiy va keyinchalik intelektual sohadagi burilishlar edi. Bu xalifalik Abbosiylarga o’tayotagan paytda hamda ularning qora shtandarti (davlat bayrog’i) oq shtandart o’rniga kelayotgan paytda yuz bergan. Bu davrda arab dunyosi Sharqqa qadam quyadi va uni oldin o’ziga tortgan O’rtayer dengizidan sekinlik bilan uzoqlashadi. Yangi xaliflar davrida islom dunyosining poytaxti Damashqdan Bog’dodga ko’chiriladi. Bu holat eronliklarning hamda boshqa bosib olingan xalqlarning kuchayishiga olib keladi. Bu hokimiyat tepasida bir asr turgan, “qoni toza” arablar hukmronligining yakunini englatar edi, ular uch yoki to’rt avlod boshqargan. Shu davr mobaynida “yuqori tabaqa” boylik va hashmat botqog’iga botib qoldi, sivilizatsiya rohatida o’z afzalliklarini yo’qotadi. Ibn Xaldun, Andalusiyalik aslzoda arab, keyinchalik bu sivilizatsiyani “personifitsiyalashgan yovuzlik” (shaxslantirilgan, jonlantirilgan) deb ataydi.
Download 15.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling