Qahramon Melikov - O'rta asr davriga ( feodalizm ) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlami ancha toʻgʻri aks ettirgan iqtisodiy g'oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi . Ular o'sha davrdagi ijtimoiy , iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqgan holda oʻziga xos xususiyat kasb etadi . Bunday xususiyatlardan biri , eng avvalo , iqtisodiy g'oya va nazariyalarda diniy qarashlarning ustunligidir . O'sha davrda xo'jalik hayotidagi diniy - axloqiy me'yorlar , ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratiktamoyillaming o'matilishiga to'sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g'oya , nazariyalarning din " pardasiga o'rab " berilishiga sabab boʻlgan . Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi , ijtimoiy - iqtisodiy hayot sharoitini to'g'ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq .
- Qur'oni Karimdagi asosiy gʻoyalardan biri musulmonlarning qardoshligi boʻlib , arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar . Unda dehqon , hunarmandlar mehnati . umuman halol mehnat ulug'lanadi , barcha boylik shu asosda paydo boʻlishi uqtiriladi . Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi , sudxoʻrlik ( sudxoʻrlik foizi ) qoralanadi xususiy mulkning muqaddasligi , birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi . Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi , ammo halollik va toʻgʻrilikka buyuriladi va yolg’on ishlatish , o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi
Hadisi Sharifda keltirib o’tilgan ba’zi ma’lumotlar Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni karimdan keyingi hujjat Hadisi Sharif hisoblanadi . Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz : munofiqlik belgisi uchtadir : yolg'on soʻzlash , va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilish. Amining sovgʻa olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir . - Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir 1. Xun toʻlovchiga ; 2. Ogʻir qarzdorga ; 3. Miskin qashshoq kishiga. Kimki hayotda tejamkor bo'lsa , zinhor qashshoqlikka tushmaydi. Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do'zaxga mahkumdir.
Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari - Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning ( 1332–1 405 ) hissasi benihoya katta.Ibn Xoldun pulni xoʻjalik hayotining muhim unsuri deb hisobladi va pul vazifasini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida oltin va kumush bajarishini ma'qulladi . Uning fikricha , pul " barcha sotib olinadigan " buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettiradi . U " mehnatning qiymatini " , ya'ni ish haqini tavsiflab , uning miqdori : birinchidan - " kishi mehnati miqdoriga " , ikkinchidan " boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o'rniga " va uchinchidan odamlarning unga ( mehnatga ) boʻlgan ehtiyojiga " bog'liq deb tasdiqladi .
- " Ijtimoiy hayot asosini mehnat faoliyati tashkil etadi ” , deydi . Uning yozishicha , “ jamiyatning ahvoli , uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarning boylikni oʻzlashtirishga boʻlgan ishtiyoqiga bogʻliq . Agar odamlar yashash vositalari toʻgʻrisida qaygʻurmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda bozorda oldi - sotdi bo'lmaydi va odamlar oziq - ovqat qidirib , boshqa mamlakatlarga chiqib ketadilar ” .
Do'stlaringiz bilan baham: |