Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarix kafedrasi
Mavzuni dolzarbligi va ahamiyati
Download 119.17 Kb.
|
T.G kurs ishi Sayidolim
Mavzuni dolzarbligi va ahamiyati: Kirish so’zimizni mustaqil O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “tarixiy xotira” haqida haqqoniy fikrlarini keltirish bilan tarixiy voqea-hodisalar, xotiralar inson bilan chammarchast bog’liqliqligini va uni har bir inson bilish kerakligini takidlab o’tmoqchmiz.
Biz siz bilan suhbat qurmoqchi bo’layotgan mavzu Ibn Battutaning mashhur “Sayohatnoma” asari va undagi O’rta Osiyo hududi tarixi sahifalari haqidadir. Qur’oni Karimni rus tiliga tarjima qilgan rus arabshunos olimi I.Krachkovskiy sayyohning geografik bilimlarni rivojlantirishdagi hissasi haqida shunday yozgan: «Mashhur Ibn Battuta barcha musulmon mamlakatlarini aylanib chiqqan oxirgi buyuk sayyoh va universal geograf-amaliyotchi edi. Uning sayohati... hali ham ehtirom bilan tilga olinadi... O`rta asrlardagi Oltin O`rda va O`rta Osiyo haqidagi biror-bir ilmiy ishni Ibn Battutaga murojaat qilmasdan bajarishning iloji yo`q...»2. Yurtimiz mustaqillikka erishgach tarixchilar oldida katta vazifa ya’ni, vatan tarixini iloji boricha aniq va haqqoniy qilib xalqga yetkazib berish qo’yildi. Undan oldingi vaqtlarda vatan tarixini o’rganilishiga chuqur e’tibor berilmagan. Tarixni yozishni eng ishonchli va samarali yo’li o’sha davrda yozilgan sof manbalarga tayanib yozishlikdir. Ayni shu jihatlaridan olib qaraydigan bo’lsak, “Sayohatnoma” asari O’rta asrlarda muallif tomonida hech qanday to’qimalar, ortiqcha mubolag’alarsiz va biror bir g’oya ostida turmagan holda, shunchaki, sayohatchini o’zi dunyodagi xalqlar hoyotida, o’lkalarda ko’rgan, qatnashgan va eshitgan voqea-hodisa, jarayon va jonli hayot asosida yozilgan noyob asarlardandir. Bu asarni o’rganish, tarix nuqtayi nazaridan tashqarida olib qaraganda ham ahamiyatli va dolzarbdir. Bu kitob tarjimasini hech qanday ilm shug’ullanmaydigan kitobxonning o’zi o’qib chiqishi orqali o’sha davrdagi dunyo va undagi madaniy hayot haqida ko’plab ma’lumotlar oladi va tasavvurga ega bo’ladi. “Sayohatnoma” asari o’zida bir necha fan sohalari: geografiya tarix, etnografiya, tarixiy geografiya, toponimika, antropologiya va boshqalarga tegishli bo’lgan ma’lumot jamlagan. Download 119.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling