Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarix kafedrasi


Mavzuni o’rganilish darajasi


Download 119.17 Kb.
bet5/16
Sana05.01.2022
Hajmi119.17 Kb.
#219907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
T.G kurs ishi Sayidolim

Mavzuni o’rganilish darajasi:

Ibn Battutaning Sayohatnomasi o‘zining qiziqarli, nodir ma’lumotlari bilan jahon ilm ahlini qiziqtirmay qolmagan. Muhammad ibn Fathulloh ibn Muhammad al-Bayluniy XVII asr oxirida sayohatnomani qisqartirib, “Ibn Battuta sayohatnomasidan parchalar” deb atagan. Yevropa sharqshunoslari Ibn Battutani ayni mana shu qisqartma matn orqali taniganlar. Sayohatnomaga 1808-yili nemis sayyohi Zeettsen birinchi bo‘lib diqqatni tortgan. 1818-yili Kozegarten sayohatnomaning Hindiston, Xitoy va Sudanga bag‘ishlangan uch bo‘lagini lotin tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan. Kozegerten Ibn Battuta axborotlarining haqqoniyligini tekshirish uchun boshqa geografik manbalarni ham jalb etadiki, ular bilan solishtirganda kitobxon Ibn Battuta sayohatnomasining naqadar katta tarixiy-geografik qimmatga ega ekaniga yanada amin bo‘ladi. Shuning-dek, Kozegartenning shogirdlaridan biri Genrix Apets parchalarning Malabar sohillari va Maldiv orollariga bag‘ishlangan yana bir qismini nashr ettirgan. O‘sha yilning o‘zida mashhur sayyoh Burghardning Nubiyaga sayohat kitobi chiqdi. Uning oxiriga sayohatnoma haqida al-Bayluniy parchalariga asoslanib yozilgan maqola, shuningdek, Burghard Mag‘rib safarida qo‘lga kiritgan uch qo‘lyozma ilova qilingan edi. Burghard vafotidan keyin sayohatnomaning qisqartirilgan nusxasi qo‘lyozmalari Kembrij universiteti kutubxonasiga borib tushdi. Ingliz sharqshunosi Samuel Li al-Bayluniy tuzgan parchalarning to‘la matnini ingliz tiliga tarjima qiladi. Ammo uning tarjimalari aniq bo‘lmay, ba’zi joylarda asl nusxaning erkin bayonidan iborat edi. Sayohatnomaning to‘liq tarjimasi birinchi marta 1840-yili Lissabonda amalga oshirildi. Portugaliyalik ruhoniy A.Moura 1790 yilda Fasda bo‘lgan chog‘ida sayohatnoma qo‘lyozmasini topib oladi va uni portugal tiliga tarjima qilishga qaror qiladi. Moura tarjimasining birinchi jildi 1840-yili Lissabon akademiyasi nashriyotida chop etilgan. U Misr, Suriya, Yaman, Makka, Kichik Osiyo va Oltin O‘rda safari taassurotlarini o‘z ichiga olgan edi. Biroq Mouraning vafoti tufayli bu ish oxiriga yetmay qoldi3.

Sayohatnomaning Baron de Slen tomonidan asl matndan frantsuzchaga qilingan ayrim qismlari 1843-yili “Osiyo jurnali”da chop etildi. 1848-yili frantsuz arabshunosi Eduard Dyulare yana o‘sha jurnalda sayohatnomaning Malayya orollariga va Tavalisi safariga bag‘ishlangan boblarining matni va tarjimalarini bosib chiqardi. Bu nashr frantsuz sharqshunosi Sh.Defremerini qiziqtirib qoldi hamda u Eron va Markaziy Osiyo safarlarini tasvirlovchi boblarni to‘la qo‘lyozmadan frantsuzchaga tarjima qildi va 1848-yilda bosib chiqardi.
Mana shu nashrlar tufayli sharqshunoslar sayohatnomaning to‘la tanqidiy matnini tayyorlash va nashr etish hamda uni har tomonlama tadqiq etish zarurligini batamom anglab yetdilar. Sh.Defremeri B.Sanginetti bilan birgalikda bu ishga bel bog‘laydi4.

Shubhasiz, Sh.Defremeri B.Sanginetti Ibn Battuta sayohatnomasi matnini tiklash, uni ochish va tushuntirish yuzasidan benihoya katta ish qilib, 1849-1853-yillar orasida arabcha tanqidiy matn bilan birgalikda frantsuz tiliga izohli tarjimani nashr etdilar. Bu nashr asarning undan keyingi Yevropa va sharq tillariga ko‘p sonli tarjimalari, shuningdek, matnning hamma arabcha nashrlariga ham asos bo‘ldi. Keyinchalik arab olamining turli joylarida o‘nlab nashrlar dunyo yuzini ko‘rdi.


Yigirmanchi asrda sayohatnomani tadqiq etish va ingliz tiliga tarjima qilish ishlari bilan taniqli ingliz arabshunosi Hamilton Gibb shug‘ullandi. U 1929-yildayoq Londonda sayohatnomaning qisqacha, lekin bag‘oyat mazmunli izohlar bilan ta’minlangan muxtasar tarjimasini chop etgan edi. Gibb bu boradagi tadqiqotini davom ettirib, 1956-1971-yillar orasida asar tarjimasi va izohlarini nashrdan chiqardi.5

Sharqda eng birinchi tarjimalardan Muhammad Sharifning turk tiliga qilgan tarjimasini ko‘rsatib o‘tish lozim. 1970-yili esa Tehronda fors tilidagi tarjimasi nashr etildi.

Ibn Battuta sayohatlari va undagi qimmatli ma’lumotlarga Rossiyada ham katta qiziqish bilan qaraldi. 1841-yildayoq Russkiy Vestnik jurnalida “Rossiya xorijliklar nazarida” rukni ostida Ibn Battuta sayohatlaridan parchalar tarjima qilib berilgan edi. Oradan yigirma yil o‘tgach, V.Tizengauzen qalamiga oid “Oltin O‘rda tarixiga oid manbalar majuasi”da birinchi marta Ibn Battuta asaridan yirik-yirik parchalarning nisbatan aniq tarjimasi yuzaga keldi.
Ibn Battuta sayohatnomasining Dashti Qipchoqqa oid qismi tatar tiliga tarjima qilingani ham diqqatga loyiqdir. Arab tilining bilimdoni Rizouddin ibn Faxriddin qalamiga mansub bu tarjima 1917-yili Orenburg-da alohida kitobcha holida nashr qilindi.

Ibn Battuta sayohatnomasi XXI qadar ingliz, frantsuz, lotin, italyan, nemis, polyak, chex, hatto portugal tillariga tarjima qilinib, nashr etilganiga qaramay, yurtimiz tarixi bilan bevosita bog‘liq, o‘sha davrga oid g‘oyat nodir ma’lumotlarni mujassam etgan bo‘lsa-da, o‘zbek tiliga to‘liq ilmiy-izohli tarjima qilinmagan6.

Mustaqillik ne’mati olimga o’zlari zarur deb bilgan manbalarni o’rganish va o’zbek tiliga tarjima qilish imkonini berdi.Tarixchilar oldiga tarixni haqqoniy tarzda yaratish, qayta tiklash vazifasi qo’yildi. Bu asrda xalqlarning diniy e’tiqodi, milliy urf-odatlari to’g’risida ham ma’lumotlar bolgan. Shu sabablar bilan bu asar sovet davrida ommaga tortiq qilinmagan.

Faqatgina Sayohatnomaning O‘rta Osiyoga oid qismlari tarjima qilinib, unda Ibn Battuta asarining yurtimiz tarixini o‘rganishdagi mislsiz ahamiyatiga e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan bir guruh arabshunos olimlar (Sarvarjon G‘afurov, Abdulhakim Oripov, Akmaljon Ikromjonov, Abdulhamid Zayriyev, Jahongir Ne’matov, Abdulvohid Ahmadaliyev) akademik Ne’matulloh Ibrohimov muharrirligi ostida “Tuhfat an-nuzzor fi g‘aroib al-amsor va ajoib al-asfor” (g‘aroyib shaharlar va ajoyib safarlar haqida nazar sohiblariga tuhfa) deb nomlangan asarni o’zini mashhur bolgan nomi ya’ni “Sayohatnoma” nomi bilan o‘zbek tiliga to‘liq tarjimasini amalga oshirdilar. Bu katta kitob shalida 2008-yilda chop etildi. Shundan so’ng ba’zi adabiyotlarimiz: tarix, geografiya, tilshunoslik va boshqa sohalarida undagi ma’lumotlardan foydalanila boshlandi.




Download 119.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling