Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarix kafedrasi
Ibn battuta esdaliklaridan
Download 119.17 Kb.
|
T.G kurs ishi Sayidolim
Ibn battuta esdaliklaridan
«Butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohatim davomida men xorazmliklardan ko‘ra, xushxulq va oliyjanob, ajnabiylarga nisbatan mehribon, mehmondo‘st odamlarni uchratmagan edim». Ibn Battuta Xorazmda dasturxonga tortilgan meva-cheva, yeguliklar haqida quyidagilarni yozadi: «…taomlar: qovurilgan tovuq, turna va kaptar jo‘jalari, yog‘liq somsalar, shirin kulchalar va turfa shirinliklar qo‘yilgan patnislar keltirishdi. Yana boshqa patnislar ham olib kelishdi. Ularda anor donalari, uzum va ajoyib qovunlar bor edi. Tozalangan anor donalari ichiga tilla qoshiqlar solingan oltin va kumush idishlarda, bir qismi esa iroqiy shisha idishlarda tortildi». Quyidagi fikrlar orqali saroy ichki muhiti va davlat boshliqlarini qanday bo’lganini tasavvur qilish munkin. «Qozi bilan amirlarning qarorlari aniq va adolatli bo‘ladi. Chunki ularni ma’lum bir tomonning tarafini olishda ayblasholmaydi, bular pora ham olmaydi». Ibn Battuta Samarqand shahriga tashrif buyuganda shahar aholisi haqida quyidagicha yozadi. «…Samarqand juda yirik va g‘oyat go‘zal shahar. U Vodiy al- Qassarin (hozirgi Zarafshon) daryosining qirg‘og‘ida joylashgan. Charxpalaklar bog‘larni sug‘orish uchun daryodan yuqoriga suv yetkazib beradi. Shahar aholisi sayr qilish uchun xufton namozidan so‘ng daryo bo‘yiga kelishadi. Daryo qirg‘og‘ida shunday ulkan saroylar va binolar qad ko‘tarib turadiki, ular Samarqand aholisining yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi»37. Xulosa So’zimizni oxirida shuni takidlab o’tishimiz lozimki, inson o’zi qiziqqan, xohlagan va foydali deb bilgan ishini qilishni erta-kechi yo’q. Faqat bu maqsadiga erishish uchun biroz jiddi-jahd qilishi lozimdir. Bunga yaqqol misol tariqasida Ibn Battuta hayoti va uning qilgan ishlarini keltirishlik kifoyadir. Ibn Battuta, aslida, o’rta hol faqih oilasida tug’ilgan. U ilm olish niyati bilan Makka shahriga kelgan. Otasi o’g’li o’z kasbini davom ettirishini xohlasa-da, u o’zining azaliy orzusi va maqsadi bolgan dunyoni sayohat qilish, Hindistonda bolish niyatidan vos kechmadi va bunga erishdi. Hisob-kitoblarga ko`ra, o`zining 28 yillik sayohatlari davomida Ibn Battuta dunyoning uch qit`asidagi bir necha yuz shaharlarda bo`lib, 120 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o`tgan. Bunday masofani esa hozirgi vaqtda bosib o`tishga har qanday tadqiqotchi hatto, zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan taqdirda ham qodir bo`lavermaydi. U “sayohati davomida 60 dan ortiq hukmdor, bundan bir necha barobar ko’proq vazir, voliy va davlat arboblari bilan tanishgan Ibn Battuta sayohatnomasida shaxsan tanigan yoki qabrlarini ziyorat qilgan 2000 dan ortiq kishi haqida so’z yuritadi”38. Shu bilan o’zi shohidi bo’lgan narsalardan bir ajoyib asar−“Sayohatnomani” yozdi. Muallifning yozganlaridan ko’rinadiki, u qayerga sayohat qilsa, o’sha yerning umumiy tarifi, tabiat-yu ob-havosi, aholi mashg’uloti, rivojlangan mashhur sohalari, arxitekturasi, siyosiy holati, davlat hukmdori, xalqning kayfiyati, diniy-ijtimoiy hayotini va o’sha xalq o’zini qanday kutib olganigacha ochib berishga harakat qilgan. Men bu zot hayoti, ijodini ozroq o’rganish va bular asosida “kurs ishi” yozish mobaynida shunday xulosaga keldimki, diniy sohani: shariat, fiqh, aqida, kalom, hadisshunoslik kabi ilmlarni yaxshi egallagan tarixchi tarixiy voqea-hodisalarni to’g’ri tahlil qila oladi va xulosalar chiqaradi. O’sha davrda yuzaga kelgan turli muxolifatchi sekta va oqimlarni qaysi g’oyaviy yo’nalishlarga xizmat qilayotganini to’g’ri anglaydi. Ana shunda tarixchi qarama-qarshiliklar sabab-oqibatlarini yoki birlashtiruvchi kuchlarni aniq ko’rsata oladi. Xulosa qismida biroz o’z shaxsiy fikrlarimizga suyongan holda bir necha taklif va mulohazalar berib o’tamiz: −Yurtimizdagi “tarixiy geografiya” darsligi yaxshi yozilmagan. Mintaqa tarixchilarimiz ushbu asarni yanada chuqurroq o’rganib, tarix darsliklarimizni bundagi ma’lumotlar bilan boyitsinlar; −Kitob ichidagi qisqa-qisqa voqealik-hikoyalarni olib maqolalar tarzida gazeta-jurnallarga nashga chiqarib xalqga yetkazsak; −Keltirilgan joylarni “tarixiy geografik” jihatdan solishtirib o’rganib, xaritalar tuzsak; −Qiziqarli tarixiy voqealigi asosida vidiofilmlar tayyorlab televidiniya orqali namoyish etsak. U O`rta asrlardagi hayotini tadqiq etish borasidagi cheksiz xizmatlari bois, Ibn Battuta bilan nafaqat marokashliklar, balki butun musulmon mamlakatlari ahli faxrlanadi. Shu bois, buyuk sayyohning nomi turli ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi eng yirik savdo markazlaridan biriga Ibn Battuta nomi berilgan. Savdo markazi bir vaqtlar sayyoh borgan yerlar: Andalusiya, Shimoliy Afrika, Eron, Xitoy va Hindiston nomlari bilan atalgan. Savdo markaziga kiraverishda esa Ibn Battutaning katta portreti o`rnatilgan bo`lib, tagida arab va ingliz tillarida sayyoh to`g`risida ma’lumotlar yozilgan. Biz bu ishda asarda keltirilgan ma’lumotlarni qo’shimcha adabiyotlarga solishtirib yanada kengaytirishga harakat qildik. Agar siz buni o’qib biror qo’shimcha ma’lumot olib, u sizga foyda keltirsa, bu bizning yutig’imiz.
Download 119.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling