Totarlarning kelib chiqishi va ularning Buxoro hamda boshqa shaharlarni vayron qilishi
Chingizxon Xata (Xatay) ya’ni Yanszi daryosidan shimolroqdagi yerlarda temirchilik qilgan. U sahiy, baquvvat, ko’rkam odam bolgan.23
Bu ma’lumotlar umumiy bo’lib, ya’na bir boshqa manbada quyidagicha ta’rif berilgan: “XIII asr boshlarida Amur daryosi yuqori qismlari bilan Xitoyning shimoliy chegarasi o’rtasidagi hududlarda yashagan mo’g’ul qabilasining xonlaridan biri”24-deb Cingizxonga ta’rif beriladi.
U avval Xata podshosi so’ng Xitoy keyin qo’shini ko’payib Xo’tan, Qoshg’ar va Olmaliq ustidan ham qo’li baland kelgan. Xorazmshohning o’g’li Jaloliddin Sayram, Xorazm va Movanaunahr podshosi deb tariflanadi. Shu bilan birga Sayohatnomada Chingizxondan yuborilgan savdo karvoni Xorazmshohning rasman buyrug’i asosida O’tror voliysi talaydi va savdogarlarni o’ldiradi deyilgan.
Yuqoridagi ma’lumotni hozirgi manbalar: xarita va darsliklarga qiyoslab ko’radigan bo’lsak, biroz tafovut seziladi. Xata(Xatay) ,taxminan, hozirgi Mangoliga davlati hududiga to’g’ri keladi. Yanszi daryosi esa, Xitoyning markaziy va sharqiy qismidan oqib oqib o’tadi. Xo’tan, Qoshg’ar hozirgi Xitoyning g’arbidagi provinsiyalar, Olmaliq esa, hozigi kitoblarda keltirilyapgan Yettisuv hududlariga to’g’ri keladi25.
Bundan tashqari, Battuta Chingizxon savdogarlarini o’ldirilishi Xorazmshoh buyrug’i asosida bo’lgan deb yozadi. Boshqa bir manbada esa, “O’tror vosiysi unlarni josusligini bilib, buyruqni kutib otirmay qatl etadi”-deyilgan.26
O’z mavzusidan chetlashmagan holatda sayyoh Chingizxonning O’tror, Samarqand, Buxoro,Termizni egallashini so’ngra Xurosonni olib, Iroqdagi Abbosiylar sulolasini ag’darishini qo’lyozmasiga bitib ketadi. Ibn Battuta Buxorodagi bir necha avliyolar maqbaralari qatorida Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qiladi. So’ngra jahongashta o’z safarini Naxshab tomon yo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |