Samarqandga safar
Ibn Battuta Naxshabdan so’ng Samarqand shahriga safar qiladi. “Samrqand shahri xususida Ibn battutadan tashqari ibn al-Faqih, al-Istaxriy, Ibn Xurdodbeh, Ibn Rusta, al-Ya’qubiy asrlarida ko’plab tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu asarda Samarqandning qurulish tarixi, shahar darvozalari,aholisi,savdo-sotiq, bog’-u bo’stonlari, karvonsaroylari, shaharning Qutayba ibn Muslim tomonidan zabt etilishi, Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ullar istilosi bilan bog’liq tarixiy voqealar atroflicha tasvirlangan”29. Undagi “Qusam ibn Abbos (r.a) maqbaralari”ni ziyorat qiladi. Bu mashhur obida “XI-XV asrlarda shakllangan Shohi Zinda ansambilining takibida qurilgan”30.
“ Samarqantda bunyod etilgan turli memoriy obidalarni sayyoh shunday tariflagan. “Daryo qirg’og’ida ulkan saroy va binolar bunyod etilgan va ular Samarqand ahlining naqadar usta me’morligidan dalolat beradi. Bu yerda shahar devori yoki darvozalar yo’q. Shahar ichida bog’lar juda ko’p . Samarqand ahli xorijliklarga nisbatan mehmondo’z kishilardir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |