Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarix kafedrasi


Samarqanddan Xurosonga safar bayoni


Download 119.17 Kb.
bet13/16
Sana05.01.2022
Hajmi119.17 Kb.
#219907
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
T.G kurs ishi Sayidolim

Samarqanddan Xurosonga safar bayoni

Ibn Battuta Samarqanddan keyin Termizga, undan esa Jayhun daryosi orqali Xuroson ga o’tadi. Termiz haqida shunday yozadi:” Termiz−chiroyli imoratlari va bozorlar ko’p yirik shahar, uni boshdan-oyoq anhorlar kesib o’tadi, bog’lari ham juda ko’p…Eski Termiz Jayhun sohilida qurilgan edi. Chingiz uni vayron etgandan so’ng yangi shahar daryodan ikki mil narida bunyod etildi”.

Termizdan chiqqandan keyin Balx shahriga boradi. Balxni bunday tariflaydi:” Balz shahri talon-taroj qilinib, aholisi shaharni tashlab ketgan ekann. Ammo shaharning go’zal imoratlari yaxshi saqlanib qolganligi uchun uzoqdan korgan odam bu yerda odam yashaydi deb o’ylaydi”31. Muallif Balxni masjid, madrasalarini dizaynini maqtab tariflaydi, uni lanati Chingiz vayron qilganini aytib o’tib, imoratlarni Marokashdagi imoratlarga qiyoslaydi.

Jahongashta sayyoh Balxdan chiqib, 7 kun Ko’histon to’g’laridan oshib Hirotga yetadi. Xaritaga e’tibor qratadigan bo’lsak, bu tog’ Hidukush tog’idir32. U “Hirot−Xurosonng eng yirik shaharlaridan biridir. Xurosonda to’rtta katta shahar bo’lib, Hirot va Nishopur obod shaharlar, Balx bilan Marv vayronaga aylangan joylar ekan. Hirot−aholisi ko’p, katta shahar, odamlari taqvodor va pokdoman. Ular Abu Hanifa (r.a) mazhabida ekanlar. Bu shahar har qanday gunoh ishlardan mutlaqo holi ekan”,−deydi33.

Muallifning yozganlaridan ko’rinadiki, u qayerga sayohat qilsa, o’sha yerning umumiy tarifi, tabiati, mashg’uloti, siyosiy holat, hukmdori, xalqning unga munosabatini ochib o’tishga harakat qilar edi. Xususan, Hirot shahri haqida yozar ekan uning hukmdori Husayn, mardligi, uning ikki marta urushda mo’jizaviy ravishda erishgan g’alabasi: biri−isyonkor Xalilni, ikkinchisi−rofiziylar sultini Mas’udni yengani haqida ma’lumotlar berib o’tgan. Rofiziylar─shia yo’nalishida gi oqim bo’lib, ular o’sha davrda Bayhaq va Sabzavor shahrining tog’larig chiqib qaroqchilik, talonchilik, bosqinchilik qilib, yashirinib yurar edilar. Ular o’z tarafdorlarini ko’paytirib, odamlarni o’z mazhabiga o’tkaza boshlaydi va Saraxs, Zova, Tus kabi shaharlarni egallaydi. Ular Aliy Muso ar-Rizo sharafiga Mashhad deb atalgan shaharda xalifalikni e’lon qiladilar. Sozi davomida Battuta hurmatli, mo’tabar, taqvodor fahih Mavlono Nizomuddin to’g’risida ham ma’lumotlar berib o’tadi.

Ibn Battuta Hirotdan so’ng Jom keyin Tus shahriga boradi. Tus shahri haqida shunday deydi:”bu−Xurosonning eng yirik va muhim shaharlaridan biri bolib, olamga mashhur imom Abu Homid G’azzoliy (r.a) vatanidir. Bu yerdan Mashhad ar-Rizo shahriga bordik. Mazkur shahar amirul-mo’minin Aliy ibn Abu Tolibning o’g’li shahid imom Husaynning o’g’li Aliy Zaynul-obiddinning o’g’li Muhammad al-Boqirning o’g’li Ja’far as-Sodiqning o’g’li Aliy ibn Muso al-Kozimning sharafiga shunday nomlangan, raziyallohu anhum34!

Undan keyin u Xurosonning to’rt poytaxt shaharlaridan biri−Nishopurga safar qiladi. Bu shaharni Kichik Damashq deb nomlashlarini, undan to’rt daryo kesib o’tishini, bozorlari kengva chiroyliligini, bozor o’rtasida joylashgan jomesini, unga yopishgan to’rtta madrasa, madrasalar orasidagi suvga to’la anhorlarni keltirib o’tgan. Nishopurdan so’ng, Bistom shahriga yo’l oladi. Sayyoh Nishopurdan yo’lga chiqqanda Hindikush tog’iga yo’liqadi. U bu tog’ nomini ma’nosi− “hindlarni o’ldiruvchi” ekanligini aytadi. Tog’dan o’tib Panjhir ya’ni Beshtog’ga to’xtaydi va u Chingiz vayron qilmasdan oldin obod shahar bo’lganligini Badaxshon to’g’idan “la’l”,”javohirlarga boy daryo oqqanligini aytadi. Ibn Battuta Bistomdan Charxga, Charxdan G’aznaga, G’aznadan Kobulga qo’nadi.

1333-yilning yozini Ibn Battuta shimoli-sharqiy Eron va Afg`oniston bo`ylab sayohat qilish bilan o`tkazgan va Nishopur, Mashhad, Jom, Bistom va Kobul shaharlarida bo`lgan. Hindikush tog`laridan oshib o`tgan sayyoh sav­do karvoni bilan G`azna orqali Hindistonga yo`l olgan va nihoyat, 1333- yilning 12-sentabr oyida u Hind daryosini kechib o`tib, bir umr orzu qilgan mamlakati Hindiston tuprog`iga yetib kelgan. Shu bilan mashhur jahongashtaning O’rta Osiyoga sayohati nihoyasiga yetadi.

Dehli sultonligida Ibn Battuta sulton Muhammad Tug`loq xizmatiga kirgan. Sayyoh Hindistonda sakkiz yil yashab, dastlab qozi, so`ng faqix lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2.2. O’rta Osiyo xalqlari hayotining asarda yoritilishi

Bu asarda yuqorida takidlab o’tganimizdek etnografiyaga oid bo’lgan qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Masalan: Xorazm shaharida bolganda u yerda ko’rgan-kechirganlaridan kelib chiqib quyidagiga o’xshash ta’riflarni berib otadi. “Xorazm yonidan Jayhun daryosi oqib o’tadi. Bu jannatdan boshlanadigan to’rt daryodan biridir. Daryo Itil kabi muzlaydi. Yozda Termizgacha suzib borib, u yerdan bug’doy va suli olib keladilar”35. Bunda o’sha davrda ichki hududlar doirasida ham savdoni rivojlanganini ko’rishimiz munkin. Din va diniy ulomolardan yaxshi xabari bo’lgan Ibn Battuta Xorazmdagi yirik diniy ulomolari haqida so’z yuritadi va ularning talimotida islomdagi buzilgan aqidaviy yo’nalish−“mutaziliya”ning qarashlari ustunligini aytadi. Musulmon sayyoh Xorazmdan chiqaverishdagi biz zoviya ya’ni xonaqoh eng buyuk allomalardan biri Najmiddin Kubro qabri ustida qurilganligini aytadi.

«Men bu shaharda (Xivada) bo‘lgan vaqtda… qozi Abu Hafs Umar …uyiga tashrif buyurdim va qabulxonasiga qadam ranjida qildim. Bu go‘zal va keng xona bo‘lib, chiroyli gilamlar bilan bezatilgan, devorlari mato bilan qoplangan qa­tor tok­cha­larning har biriga oltin suvi yuritil­gan kumush idishlar va iroqiy ko‘zalar quyil­gan edi. Odatda mam­lakatning fuqarolari o‘z uylarini ana shunday tarzda bezatadilar»36.


Download 119.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling