Islom tarixi va falsafasi fakulteti tarix kafedrasi
Xorazm shahri taassurotlari
Download 119.17 Kb.
|
T.G kurs ishi Sayidolim
Xorazm shahri taassurotlari
Muallif Xorazmni shunday tariflaydi:” Bu turklarning katta, muhim, chiroyli, va ulug’vor shahri bo’lib, ajoyib bozorlari, keng ko’chalari, juda ko’p imoratlari hamda jozibador ko’rkam joylari bor. Shaharda hayot qaynaydi. Aholi shunchalik ko’pki, mavjlanib turgan dengizni eslatadi”. Shuni aytib o’tishlik joizki, shu davrda Xorazm davlati ikkiga ajrab qolgan edi. Markazi Urganch shahri bo’lgan Shimoliy Xorazm. Oltin O’rdaga, markazi Kat shahri bo’lgan Janubiy Xorazm Chig’otoy Ulusi tarkibiga kirgan17. Bu ma’lumot tasdig’i o’laroq Sayohatnoma kitobidan quyidagi jumlani keltiramiz:”Bu shahar Sulton O’zbek qo’l ostoda, bu yerda uning Qutludumurod ismli ulug’ amiri hukmronlik qiladi. Qutludumurod 1321-yilda Xorazmga noib e’tib tayinlangan”18. Ibn Battuta Xorazm amiri Qutludumurod Sulton Muhammad haqida yozib shunday yozadi: “Qozi va uning yordamchilari davlat amiri qabulxonasiga kelar. U yerda faqihlar, xattotlar, 8ta turk amiri, yozuvchilar hamda hamda amirning o’zi joylashgan edi. Odamlar shu mansabdorlarga o’z azr va shikoyatlarni yetkazishardi. Qozi va amir aniq va adolatli qaror chiqarib berishgan”19. Shundan so’ng amirni ayoli To’rabeka haqida ma’lumot bera turib, u zoviya(xonaqoh) qurdirgani aytadi. Bu haqida tarix darsligida mo’g’ullar hukmronlik qilgan davr haqida so’z yuritilganda quyidagi ma’lumot keladi: “Ko’hna Urganchda Najmiddin Kubro va To’rabek xonim maqbaralari qad ko’targan20”. So’zi davomida muallif “sahovatli savdogar” Aliy ibn Mansur bilan bo’lgan davri, uning iroqlik savdogarlar bilan Xorazmdan Chin-Mochin ya’ni Xitoyga jo’naganligini va qarzga botib o’z joniga qasd qilganini keltiradi. Bu savdogarlarni aynan Xorazmdan o’tishligidan shuni bilsak boladiki, Xorazm va Movanaunahr o’sha davrda ham savdo-sotiq markazlaridan bo’lgan. Shundan so’ng sayohatchi Ko’hna Urganchdan Buxoro tarafga yo’l oladi. 4 kunda keyin Qiyot ya’ni Kat shahriga keladi. Kat shahrida Ibn Battuta shahar qozisi Sadr Ash-Sharia va amir bilan uchrashadi. An’anaga ko’ra sovg’a-salomlar beriladi. Download 119.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling