Islom Tarraqqiyoti Banki(itb) baʼzi manbalarda Islom Rivojlanish Banki koʻp tomonli moliya


Download 312.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2023
Hajmi312.27 Kb.
#1396984
Bog'liq
Ra\'no Moliyaviy tizim





Islom Tarraqqiyoti Banki(ITB) baʼzi manbalarda 
Islom Rivojlanish Banki - koʻp tomonli moliya 
instituti hisonlanib, 1- Islom Konferensiyasi 
Tashkiloti(hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) 
tomonidan arab mamlakatlari Moliya vazirlari 
tomonidan taʼsis etilingan. 


Islom Tarraqqiyoti Banki (ITB)
Tarmogʻi Bank, Moliya
Qachon asos solingan 1974 
Qachon tan olingan 1975
Joylashuvi Jidda Saudiya Arabistoni 
Prezidenti Ahmad Mohamed Ali Al-
Madani
Ishchilar soni 932 
Vebsayti isdb.org (http://www. isdb.org/)
Bankning 
moliyaviy 
resurslari 
ustav 
kapitali 
va 
qoʻshimcha moliyaviy vositalaridan iborat.



Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida 
bank qoʻshimcha manbalar bilan taʼminlandi:

1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. 
Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy 
yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli 
sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom 
muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank 
nafaqat 
yakkaholdagi 
omonatchidan, 
balki 
tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam 
berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish 
uchun depozitlar qabul qiladi.



1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil 
qilingan. 
Ushbu 
tashkilot 
aʼzo 
boʻlgan 
davlatlararo 
savdo-sotiq 
moliyaviy 
qoʻllab 
quvvatlash uchun sarmoyadan 
foydalanish, 
hamda qimmatbaho qogʻozlar va lizing bilan 
bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish 
maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan 
bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.



1988-yildan 
savdo-sotiqqa 
uzoq 
muddatli 
moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila 
boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam 
berish programmasini toʻldiradi va IKTga aʼzo 
boʻlgan davlatlarning anʼanaviy boʻlmagan 
tovarlari eksportini kengatirishda koʻmak beradi. 
Bu esa IRBga aʼzo boʻlgan davlatlardan eksport 
qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 
oydan 60 oygacha boʻlgan muddatga jalb qilish 
orqali amalga oshiriladi.



1989-yilda alohida investitsion fond tashkil 
qilingan. Uning maqsadi qoʻshimcha moliya 
resurslarini jalb qilish va ularni shariatga 
asoslangan holda sarmoyalashtirish.

Islom rivojlantirish banki 1973-yil Jiddada Islom 
konferensiyasi 
tashkilotining 
aʼzodavlatlari 
deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda 
tashkil qilindi, oʻz faoliyatini rasmiy ravishda 
1975-yil 20- oktyabrdan boshlagan.


Aʼzolik

Tashkilotga 56 ta mamlakat aʼzo boʻlib, quyidagi davlatlar 
bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi

Saudiya Arabistoni 

Liviya 

Eron 

Nigeriya

Qatar 

Misr 

Turkiya 

Birlashgan Arab Amirliklari

Quvayt 

Uzbekistan


Maqsadi

Aʼzo mamlakatlarning, shariatga asoslangan 
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish 
va ijtimoiy taraqqiyotiga taʼsir oʻtkazish. 

Vazifalari 

aksionerlik 
kapitaliga 
vositalarni 
sarmoyalashtirish. ishlab chiqarish korxonalari va 
loyihalariga 
qarzlar berish aʼzo-davlatlarga 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida 
boshq shakllarda moliyaviy yordam berish.



aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus 
fondlarni boshqarish. Nomusulmon davlatlardagi 
musulmon jamoalariga yordam fondi shular 
jumlasidan. 
moliyaviylashtirish 
uslublari 
vositasida moliyaviy resurslar yoʻnaltirish va 
depozitlarini qabul qilish. aʼzo-davlatlarga texnik 
yordam koʻrsatish. musulmon davlatlarning 
rivojlanishi 
boʻyicha 
tashkilot 
aʼzolarini 
oʻqitishda xizmatlar koʻrsatish. bepul kreditlar 
berish



Islom taraqqiyot banki (ITB) xalqaro moliya tashkiloti 
boʼlib, 1973 yilning 18 dekabrь kuni Islom hamkorlik 
tashkiloti 
(IHT) 
mamlakatlari 
moliya 
vazirlari 
yigʼilishining qaroriga koʼra taʼsis etilgan va 1975 yil 
oktyabrь oyida oʼz faoliyatini boshlagan (2014 yilning 
iyunida ITB boshqaruvchilarining yillik yigʼilishida 
Bank faoliyat boshlaganining 40 yilligi (hijriy hisob 
boʼyicha) nishonlandi).

IHT aʼzosi boʼlgan har bir mamlakat ITB aʼzosi boʼlish 
huquqiga ega. Bank tashkil etilayotgan vaqtda uning 
aʼzolari 22 ta musulmon davlatidan iborat boʼlgan boʼlsa, 
hozirgi vaqtga kelib ITBga ishtirokchi aʼzo davlatlar soni 
57 taga yetgan. Oʼzbekiston 2003 yildan beri ITBning 
aʼzosidir.



Bankning asosiy hissadorlari: Saudiya Аrabistoni, 
Liviya, Eron, Nigeriya, BАА, Qatar, Misr, Quvayt va 
Turkiya.

ITBning bosh qarorgohi Saudiya Аrabistonining 
Jidda 
shahrida 
joylashgan. 
ITBning 
hududiy 
vakolatxonalari 
1994 
yili 
Rabot 
shahrida 
(Marokash), huddi oʼsha yili Kuala-Lumpur shahrida 
(Malayziya), 
1997 
yili 
Olma-Ota 
shahrida 
(Qozogʼiston), hamda 2008 yili Dakar (Senegal)da 
ochilgan. Shuningdek, ITBning Misr, Turkiya, 
Indoneziya, 
Bangladesh 
va 
Nigeriyada 
ham 
vakolatxonalari bor.



Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga kuyidagi 
tashkilotlar kiradi:

Islom taraqqiyot banki – IsDB

Xususiy tarmoqni rivojlantirish buyicha islom 
korporatsiyasi – ICD;

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʼurtalash 
islom korporatsiyasi – ICIES;

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi – 
ITFC;

Tadqiqotlar va treninglar islom instituti – IRTI.



ITB guruhi keng miqyosdagi faoliyatga jalb etilgan, shu 
jumladan:

aʼzo-mamlakatlarda qashshoqlik darajasini pasaytirishga 
koʼmaklashish;

aʼzo-mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish;

aʼzo-mamlakatlar mehnatga yaroqli aholisi uchun taʼlim 
dasturlari va tadqiqotlarni tashkil etish;

aʼzo-mamlakatlarga favqulodda holatlarda yordam koʼrsatish;

aьzo-mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha 
boshqa turli dasturlarni amalga oshirish.

ITB aʼzo-mamlakatlarda davlat va xususiy tarmoqqa qarashli 
yoʼllar, kanallar, toʼgʼonlar, maktablar, kasalxonalar, uy-
joylar, qishloq tumanlarini rivojlantirish va boshqa shu kabi 
qishloq xoʼjaligi va infratuzilma loyihalarini moliyalashtiradi
.



Ushbu loyihalar aʼzo-mamlakatlar ijtimoiy hamda iqtisodiy 
rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʼrsatadi.

Tashkil topgan vaqtidan boshlab ITB guruhining butun dunyo 
boʼylab moliyalashtirgan loyihalarning umumiy qiymati 2019 yil 
yakuni holatiga koʼra 145 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.

Oʼzbekiston bilan hamkorlik doirasida, ITB guruhi sogʼliqni 
saqlash, energetika, qishloq xoʼjaligi, qurilish, maktab va 
kollejlarni jihozlash, avtomobilь yoʼllarini qurish va taʼmirlash, 
davlat moliya tizimida islohotlar oʼtkazish kabi sohalardagi 
loyihalarni (jaʼmi 86 loyiha) moliyalashtirish uchun 2 mlrd. АQSh 
dollari miqdorida mablagʼ ajratish haqida qaror qabul qilgan va 
shundan 1,1 mlrd. АQSh dollaridan ziyod qismi bugungi kungacha 
moliyalashtirilgan.

Bugungi kunda ITB tomonidan Oʼzbekistonga koronovirus 
COVID-19 bilan bogʼliq pandemiya oqibatlarini yumshatishga 
qaratilgan loyihani amalga oshirish uchun texnik koʼmak ajratish 
ustida ishlar olib borilmoqda.

Document Outline

  • Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14
  • Slide 15

Download 312.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling