9. Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu.
U hazrat Alining akasi bo‘lib, undan o‘n yosh katta edi.
Mo‘’ta kunida shahid bo‘lgan. Mo‘’ta jangida Zayd ibn Horisa
shahid bo‘lgach, bayroqni Ja’far ibn Abu Tolib oldi-da
rumliklar bilan jang qildi. Bayroqni o‘ng qo‘lida ko‘tarib olgan
edi. O‘ng qo‘li kesilgach bayroqni chap qo‘liga oldi, chap qo‘li
ham kesildi. Endi u bayroqni bag‘riga bosib quchoqlab oldi va
jangda ortga chekinmay oldinga intilgan holda shahid bo‘ldi.
Uning jasadida to‘qsondan ortiq qilich va nayza izi bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |