15
Abu Dujona shijoatli odam bo‘lib, jang paytida yovga
qarshi o‘zini ulug‘vor tutib, kibr bilan muomala qilar edi.
Zubayr ibn Avvom shunday deydi:
– Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qilichni menga
bermay Abu Dujonaga berganlarida bir narsani sezdimda:
“Xudo haqqi, qani ko‘ramiz, Abu Dujona nima qilarkin, –
dedim ichimda. Keyin uni kuzata boshladim. U qizil mato bilan
boshini bog‘lab oldi. Buni ko‘rgan ansorlar unga:
– Abu Dujona o‘lim nishonasini chiqardi! – dedilar.
Co‘ng Abu Dujona mushriklarga hamla qildida, ularning
duch kelganini o‘ldira boshladi…
Musaylama kazzobga qarshi bo‘lgan Yamoma jangida Abu
Dujona o‘zini devor osha bog‘ ichkarisiga otganida oyog‘i sinib
qoldi. U singan oyog‘i bilan jang qilib Alloh huzuriga shahid
holida yo‘l oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: