24. Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhu
.
Uning otasi “G‘asiylul maloika” laqabini olgan sahoba.
Uning bunday nom olishiga sabab shahid bo‘lganidan so‘ng
uni farishtalar g‘usl qildirgan edi. Junub holatida jihodga
bo‘lgan nidoni eshitib, g‘usl qilmasdan jihodga yo‘l oladi.
Mushriklar bilan to shahid bo‘lguncha jang qiladi. Rosululloh
sollallohu alayhi vasallam uni farishtalar g‘usl qildirib
qo‘yganligining xabarini berdilar.
Uning o‘g‘li Abdulloh ham musulmonlarning shijoatli
bahodirlaridan bo‘lgan. Madina ahli bilan Yazid ibn Muoviya
qo‘shinlari o‘rtasidagi “Harra” jangida shahid bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |