23
qilindi. Xalifa Marvonning mulki kengaya boshladi. Uning
o‘g‘li Abdulmalik ibn Marvon xalifalik taxtiga o‘tirgach,
Abdulloh ibn Zubayrga qarshi Hajjoj ibn Yusuf Saqafiy
boshchiligida qo‘shin hozirladi. Hajjoj Ibn Zubayrni Makkada
qamal qilib, manjaniqlardan Ka’bani ura boshladi. Hajjoj ibn
Zubayrni engib uni o‘ldirdi. Amr ibn Diynor Makkiy shunday
deydi:
– Abdulloh ibn Zubayr Ka’ba yonida namoz o‘qir edi.
Hajjoj qo‘shinlari Ka’bani manjaniqlar bilan urar edi. Toshlar
kelib Abdulloh ibn Zubayrning etaklariga tegardi. Unga bu
ta’sir qilmasdi va ularga qayrilib ham qaramas edi.
Usmon ibn Abu Talha esa:
– Abdulloh ibn Zubayrga hech kim uch narsada teng kela
olmas edi: shijoatda, ibodatda va balog‘at (so‘z ustaligi)da, –
deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: