Islom ummatining mashhur bahodirlari
Tulayha ibn Xuvaylid roziyallohu anhu
Download 334.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Ummat baxodirlari
21. Tulayha ibn Xuvaylid roziyallohu anhu.
U musulmonlarning shijoatli, mashhur polvonlaridan bo‘lib, uning quvvati, shijoat-jasorati tufayli bir o‘zi ming suvoriyga teng hisoblanar edi. U “Qodisiya” jangida ajoyib qahramonliklar ko‘rsatdi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Sa’d ibn Abi Vaqqosga yordamga ikki kishini yubordi. Ular Amr ibn Ma’di Yakrib va Tulayha ibn Xuvaylid edilar. O‘shanda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Sa’d ibn Abi Vaqqosga yozgan xatida shunday deb yozgan edi:
– Senga yordam uchun ikki ming kishini yuboryapman. Ular Amr ibn Ma’di Yakrib va Tulayha ibn Xuvaylidlar. Ular bilan jang borasida maslahat qil, lekin ikkisini ham boshliq qilib tayinlama!
21 ”Qodisiya” jangidan bir oz oldin Tulayha ibn Xuvaylid katta jasorat ko‘rsatgandi. Tulayha, Amr ibn Ma’di Yakrib va Qays ibn Makshuhlar forslar muaskarlarini razvedka qilish uchun borishdi. Qays bilan Amr har ikkisi ham forslardan besh- oltitadan musulmonlar ma’lumot olishlari uchun tiriklayin tutib kelishdi. Ammo Tulayha ulardan uzoq ketib qoldi. U forslar qarorgohining ichkarisiga kirib borib, bir joyga berkinib oldi va to tungacha poylab yotdi. Tunda u qarorgoh boshlig‘i Rustamning bir qancha chodirlar o‘rtasiga joylashgan chodiri yoniga keldi. Bir payt qarasa boshliq chodiri oldida bir qimmatbaho asl ot bog‘liq turibdi. U otning arqonini kesib o‘z otining egariga bog‘lab oldida, otlarni choptirib musulmonlar tomonga yo‘l oldi. Forslar buni sezib qolib uning orqasidan quvdilar. Fors suvoriylaridan biri unga etib olgan edi, uni nayza sanchib o‘ldirdi va uning otini ham qo‘shib keta boshladi. Ortidan yana bir otliq quvib etdi, uni ham o‘ldirib otini qo‘shib oldi. Keyin uchinchi otliq etib keldi. Endi Tulayha orqaga qaytib u bilan bir oz jang qildida uni taslim bo‘lishga undadi. O‘limiga ko‘zi etgan suvoriy taslim bo‘ldi. Tulayha uni asir olib Sa’d ibn Abi Vaqqosning oldiga olib keldi. Musulmonlar asirga tushgan forslar sarkardasining so‘zlarini tinglash uchun jamlandilar. Sa’d unga: “Gapir”, – deb buyurdi. U musulmonlarga bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi: – Qanchadan qancha janglarda rahbarlik qildim, engilmadim. Qanchadan qancha bahodirlarni eshitdim, ko‘rdim. Ular bilan to‘qnashdim. Lekin mana bu kishiga o‘xshaganini hech eshitmagan, ko‘rmaganman. U ikki katta qarorgohdan o‘tib bir qarorgohga borganki, u erga kirishga har
22 qanday bahodir ham jur’at qilolmaydi. Chunki uning atrofida etmish ming askar bor. Yana quruq chiqishni o‘ziga ep ko‘rmay askarboshining aslzoda otini ham olib chiqdi. Bilib qolib uning orqasidan quvdik. Unga ichimizda eng mashhur, bir o‘zi mingta askarga teng keladigan suvoriy etib oldi, bu odam uni o‘ldirdi. So‘ng unga ikkinchi suvoriy etib oldi, u ham avvalgi suvoriydan kam emas edi. Bu odam uni ham o‘ldirdi. Keyin men unga etib oldim. Fors askarlari ichida shijoatu jur’atda menga teng keladigani bor, deb o‘ylamayman. Uning qo‘lidan omon qolmasligimga ko‘zim etgach, asir tushishni ixtiyor qildim.
Asir forslar qo‘shini soni bir yuz yigirma ming bo‘lib, yana shuncha yordamchi va xodimlar borligi xabarini berdi. Bu sarkarda Islomni
qabul qilib,
musulmonlarga go‘zal
muomalada bo‘ldi.
Download 334.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling