31. Hakim ibn Jabala A’badiy.
Odamlar hurmatini qozongan shijoatli sarkarda bo‘lib, unga
Rosululloh
sollallohu
alayhi
vasallamni
ko‘rish
va
suhbatlaridan bahramand bo‘lish nasib etmagan. Usmon ibn
Affon roziyallohu anhu uni Sind fathi uchun bosh qilib
yuborgan edi. Hakim ushbu jangda katta qahramonlik
ko‘rsatgan.
32. Suvayd ibn G‘ofala Ja’fiy.
Suvayd “Fil yili”da tug‘ilgan bo‘lib, johiliyatda ulg‘aydi. U
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik davrlarida
Islomni qabul qilgan bo‘lsa-da, sahobalardan hisoblanmaydi.
Chunki u Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rmagan.
“Qodisiya” jangida qatnashib jasoratlar ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |